Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitet talaba-qizlari bilan amaliy uchrashuv oʻtkazildi

  9-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining 1-son davolash fakulteti talaba-qizlari bilan ichki-tartib qoidalariga amal qilinishi yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi.

  Samimiy ruhda oʻtgan suhbatda 1-son davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari M.Zaripov, universitet psixologi D.Djurayeva, ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri A.Maxmudova, fakultet xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi K.Norqulovalar chiqish qilib talabalarga odob-axloq, kiyinish madaniyati, universitet ichki-tartib talabalari qoidalari haqida batafsil tushunchalar berdilar. Universitetni talaba-qizlari boʻlajak shifokorlar sifatida, oʻzlarini xulqi va odobi bilan boshqa oliygoh talabalaridan farq qilishi kerak ekanligini maʼruzachilar alohida qayd etdilar.

  Uchrashuv ishtirokchilari oʻzlarini berilgan barcha savollariga atroflicha javoblarni oldilar.


SamDTU matbuot xizmati