Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​XI Milliy axborot kutubxona haftaligi boʻlib oʻtdi

  31 oktabr — 4 noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB UZBEKISTAN-2022” XI Milliy axborot kutubxona haftaligi oʻtkazildi.

  Haftalik doirasida axborot-kutubxona tizimini rivojlantirish boʻyicha xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida seminar-treninglar, madaniy-maʼrifiy dasturlar, yangi nashrdan chiqqan kitoblar taqdimoti, fan va madaniyat namoyandalari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

  Mazkur haftalikda Samarqand davlat tibbiyot universiteti Axborot-resurs markazi rahbari D.Z.Mansurova hamda ARMning kataloglashtirish va tizimlashtirish boʻlimi mudiri M.A.Yorqulovalar qatnashib boshqa oliygohlar ARM vakillari bilan oʻzaro tajriba almashib keldilar.



SamDTU matbuot xizmati