×
Menu
Close Menu

​TTJda “Doʻstlik paloviga marhamat!” tanlovi oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida turli davlatlardan kelib tahsil olayotgan talabalarni oʻzaro doʻstligi va madaniyatlararo muloqotini rivojlantirish, talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida xotin-qizlar maslahat kengashi faollari, 1- va 2- davolash ishi, tibbiy pedagogika fakultetlari dekan maslahatchilari va 4-ichki kasalliklar kafedrasi tomonidan 1-son talabalar turar joyida qoraqalpoq, oʻzbek, tojik, pokistonlik, hind va afgʻon qizlari oʻrtasida palov pishirish doʻstona tanlovi oʻtkazildi.

  Pazanda qizlarimiz oʻzaro bellashib, mahoratlarini namoyon etishib, berilgan vaqtga rioya qilgan holda bir xil masalliklardan chiroyli koʻrinishga ega va mazali palovlarni pishirishdilar.

  Tanlovda afgʻon va oʻzbek qizlari tomonidan tayyorlangan “Sitora” palov eng mazali palov deb topildi va tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.

  Bayram dasturxoni bezatilib, barcha ishtirokchilarga doʻstlik palovlari tortildi, doʻstona qiziqarli suhbatlar, kuy va qoʻshiqlarga ulashib ketdi.





SamDTU matbuot xizmati