×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Universitet talabalarini ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy, ma’naviy – ma’rifiysalohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va хuquqiy chora-tadbirlar kafedrada muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.

  Kafedrada amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar asosini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, ilmiy-nazariy qarashlari va ma’ruzalarida e’tirof etilayotganVatanga muhabbat, o‘z xalqiga sadoqat va fidoiylik, mustaqil va erkin fikrga ega bo‘lgan, irodasi mustahkam, yoshlarni voyaga yetkazishni tashkil etadi.

  Kafedrada olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar talabalarimizning komil inson bo‘lib yetishishlariga, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga va shifokorlik mutaxasisligi talab qiladigan hislatlarni shakllantirishga qaratilgan.

  O‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot davolash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarining yo`lga quyilishi bu borada ta’lim standartlari xamda kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablarini xisobga olgan xolda olib borilayetganligini qayd etish mumkin.