×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Xaftaning xar payshanba kuni universitetda bo‘ladigan yo‘riknomaga kafedrada maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha javobgar shaxs muntazam ravishda katnashdi va berilgan mavzu va maʼlumotlar asosida, shuningdek ommaviy axborot vositalaridan, yaʼni «O‘zbekiston” va «Yoshlar” teleradiokompaniyasidan, «Xalq so‘zi”, «O‘zbekiston ovozi”, «Samarqand” kabi respublika va viloyat gazetalaridan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus taʼlim vazirligining «Axborot soati” materiallaridan olingan ko‘shimcha maʼlumotlar asosida xaftaning chorshanba kunlari kafedra va bulim xodimlari bilan, xaftaning payshanba kunlari esa kafedraga taxsil olayotgan talabalar bilan muntazam ravishda «Axborot soati” o‘tkazildi, bunda yurtimizda turli soxalarda amalga oshirilayotgan isloxatlar, siyosiy-iktisodiy vokealar, Prezident Sh.M.Mirziyoev asarlari, Vazirlar Maxkamasi karorlari va Oliy Majlis sessiyalari materiallari, kabul kilingan Konunlarning mazmun va moxiyati bilan tanishtirib borish bilan bir katorda chet mamlakatlarda yuz berayotgan vokea-xodisalar tug‘risida xam batafsil maʼlumotlar berildi;

  O‘zbekiston Respublikasi mustakilligining 31 yilligini, kafedra tarixini, kafedrada olib borilayotgan o‘quv, ilmiy va tarbiyaviy ishlarni, respublikamizda amalga oshirilayotgan isloxatlarni xamda « Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili » Davlat dasturini ifoda etuvchi stendlar tayyorlandi;

  Davlat dasturlarining maksad va vazifalarini, dasturning amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlarning mazmun-moxiyatini talabalarga yetkazishga karatilgan keng kulamli axborot-targibot ishlarini tashkil etish maksadida talabalar bilan xar kungi amaliy mashgulotlarni boshlashdan oldin utkaziladigan 5 minutlik va xaftaning xar payshanba kuni buladigan «Axborot soati”da targibot ishlari muntazam ravishda olib borildi va davom ettirildi.

  Shuningdek talabalar bilan «Obod turmush – farovonlik belgisi”, «Obodlik ko‘ngildan boshlanadi”, «Obodlik bor joyda baraka bor”, «Yurting obod – diling obod”, bolalarni ularning jismoniy va maʼnaviy rivojlanishiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida, irsiy tug‘ma kasalliklarning oldini olish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar tugrisida va Sog‘lom bolani tarbiyalash – bizning umumiy vazifamiz kabi mavzularda talabalar bilan davra suxbatlari utkazildi.

  Talabalar orasida fuqarolik pozitsiyasini, siyosiy va huquqiy tarbiyani shakllantirish maksadida «Huquq va burch nima”, «Davlat, burch, huquq” mavzularida suxbatlar utkazildi, buning natijasida murabbiylik guruxlari orasida xech kanday xukukbuzarlik xolatlari uchramadi;

  Talabalarning madaniy yodgorliklar, tarixiy kadamjolar, muzeylar xamda ko‘rgazmalarga sayoxatlar uyushtirildi, turli mavzularda, yaʼni «Yuksak maʼnaviyat mezonlari”, «Talabaning maʼnaviy kiyofasi”, «Inson odobi bilan go‘zal”, «O‘zbekistonning insonparvarlik siyosati”, «Millatlararo totuvlik, dinlararo bagrikenglik va uning axamiyati”, «Yurtimiz kelajagi yoshlar ko‘lida”, «Missionerlar kim va ularning maksadi nima?», «Missionerlik va prozelitizm xakida siz nimlarni bilasiz?», «Diniy okimlar va sektalarning maksad-muddaolari”,«Sog‘lom eʼtikod kanday bo‘lishi kerak?» kabi mavzularda, shuningdek milliy kadriyatlar, anʼanalar, udumlar, tarixiy va madaniy merosni to‘lik o‘rganish bo‘yicha, talabalarga atrof-muxit va tabiatga xurmat munosabatida bo‘lish xar bir insonning burchi ekanligini tushuntirishga karatilgan,terrorchilik xarakatlarining vayronkor okibatlari aks ettirilgan videotasma namoyishi o‘tkazildi va film mazmunini talabalarga tushuntirildi, «Xalkaro terrorizm: moxiyat va maksad”, «Konstiutsiya - adolat ko‘zgusi”, «Chet davlatlarda nokonuniy ishlashning salbiy okibatlari va uning oldini olish”, «Odam savdosi nima?», «Salomatlik sirlari”, «Giyoxvandliksiz xayot uchun”, «Erta oila kurishning salbiy okibatlari”, «Soglom turmush madaniyati”, «Sog‘lom turmush tarzini yuritishda oilaning o‘rni”, «Mafkuraviy immunitet va goyaviy kurashchanlik jamiyatimz barkaror tarakkiyoti garovidir”, «Dinimiz dushmanlari”, «Ogoxlikni kanday xis etaman?», «Agar ogoxsan, sen...» mavzularida, Ustoz va murabbiylar kuniga bagishlab «Ustozlarni kadrlaymiz” mavzusida, O‘zbek tiliga Davlat tili makomi berilgan kunga bagishlab«Ona tilim – jonu dilim”, «Tilga eʼtibor-elga eʼtibor” kabi mavzularda, «Sen aziz va mukaddassan ayol”mavzusida «Xalkaro Xotin – kizlar kuni”ga bagishlab, 9-may - Xotira va kadrlash kuniga bagishlab «Inson kadri va uning xotirasi”, «Oila – mahalla – taʼlim dargohi”, «Go‘zal va betakror O‘zbekiston”, 2019 yil «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” 2020 yil « Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”«Qarisi bor uyning – parisi bor”, «Mahalladan boshlanur Vatan”, «Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona”, «Mehrdan yashnar ko‘ngil”, «Mehrdan yashnar ko‘ngil”, «Sog‘lom bolani tarbiyalash – bizning umumiy vazifamiz” mavzularidadavra suxbatlari utkazildi.

  Hudud aholisi salomatligini mustahkamlash, sog'lom turmush tarzi yuritishni keng targ'ib etish yuzasidan olib borilgan ishlari yuzasidan - Patologik anatomiya kafedrasi xodimlaridan dots. Jumanov Ziyadullo Eshmamatovich, assistentlar: Urokov Kuvondik Nematullayevich, Norjigitov Azamat Musokulovich, Bobonazarov Samariddin Daminovich, Raxmonov Xamza Abdukadirovichlar Samarkand viloyati Ishtixon tumani tibbiyot birlashmalariga biriktirilgan: Oilaviy poliknikalarda, Kishlok vrachlik punklari, maxalla markazlarida xamda matkablarda tashkil etilgan profilaktik tibbiy kuriklarda belgilangan grafik asosida ishtirok etib keldilar.