Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar 3-Pediatriya va tibbiy genetika kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda universitet ma’naviy ma’rifiy bo’limi tomonidan tasdiqlangan reja asosida kafedradagi mas'ul o'qituvchilarMamatqulova D.X. va Ruzmetova S.U. tomonidan nazorat qilinadi.
Kafedrada professor-o'qituvchilar talabalar o'rtasida quyidagi ma’naviy ma’rifiy ishlarni olib boradi:
• Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar.
Barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:
• respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
• talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
• talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
• dunyoda va respublikamizda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijobiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish ;
• talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish ;
• o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil to’garaklarni tashkil etish;