Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar 2 son akusherlik va ginekologiya kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda SamDTU ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’limi tomonidan tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni kafedrada mas'ul o'qituvchi Arziyeva G.B. muvofiqlashtiradi va tashkil etadi. Kafedramizda ma’naviyat va ma’rifat xonasi tashkil etilgan bo’lib, bu erda O’zbekiston Respublikasining ramzlari, yani bayroq, gerb va madhiyamiz hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus aks etgan bannerlar va har yili davlatimiz ma’lum bir nom bilan nomlanishiga doir bannerlar mavjud.

  Kafedrada professor-o'qituvchilar talabalar o'rtasida quyidagi ishlar olib boradi:

• Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan muntazam ravishda har payshanba kuni tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:
• respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
• talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish borasida ham tushuntirish ishlari olib boriladi.Tamaki va narkotik moddalarni qabul qilish inson organizmiga salbiy ta’siri va jinsiy yo’l orqali uquvchi kasalliklar haqida tushuntirish ishlari kafedraga darsga kelgan guruhlar bilan muntazam olib boriladi. ;
talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
• dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish;
• talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish;
• o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil to’garaklarni tashkil etish ishlari ham kafedramizda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Akusherlik va ginekologiya fani bo’yicha to’garagimiz faoliyat yuritadi. To’garagda talabalar bilan assistant Shamsieva M.Sh. shug’ullanadilar va aytish joizki talabalarimiz sovrindor o’rinlarni egallab kelmoqdalar ;

• kafedraga kelgan talabalarga tartib intizom, kiyinish va muomala madaniyati tushuntiriladi va qatiy’an talab qilinadi. Akusherlik va ginekologiya fani bo’yicha shifokorlar deontologiyasi va etikasi tushuntiriladi.

• har yili kafedraga biriktiriladigan guruhlar bilan ustoz – shogird tamoyillariga amal qilgan holda, har bir assistentga 2 tadan talaba biriktiriladi. Biriktirilgan talabalar bilan assistentlar yaqindan tanishish maqsadida ularning ayni damda yashab turgan xonadonlariga borishib, ularning yashash tarzi o’rganiladi, dars jarayonlari bilan muntazam ravishda qiziqib boradilar, zarur bo’lganda kerakli yordam beradilar. Akusherlik va ginekologiya fani bo’yicha kafedramizga darsga kelishganda ushbu fandagi amaliy ko’nikmalar o’rgatiladi, operatciyalarga olib kiriladi va akusherlik va ginekologiyada shoshilinch holatlarda yordam ko’rsatish holatlari o’rgatiladi. Talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida tarixiy obidalarga ekskursiya, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan teatr va kinolarga borishni tashkil etadilar. Talabalarning ota onalari bilan ham suhbat uyushtiriladi.

kafedramizning professor-o’qituvchilari texnikum va litceylar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradilar. Ma’ruza bilan chiqishlar qilib turadilar, amaliy va o’quv jarayonlarida yaqindan yordam beradilar.