Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

    Pediatriya fakulteti Xirurgik kasalliklar kafedrasida tashkil qilingan “Yosh xirurglar” ilmiy to‘garagiga 2022-2023 o‘quv yilida 16 nafar talaba, 9 ta klinik ordinatorlar va 1 nafar magistratura rezidentlari a’zo qilib olingan va ularning barchasi doimiy ravishda kafedrada o‘tkaziladigan to‘garakda faol qatnashib kelmoqda. Har bir talaba kafedra o‘qituvchilariga biriktirilgan va «ustoz-shogird» an’analariga muvofiq ilmiy izlanishlarda faol qatnashib kelmoqda. 

    Mahalliy va Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etish, talabalarning oratorlik qobiliyatini shakllantirish, bajarilgan ishlar samarasi va ilmiy ishlar natijalari tahlil etildi. Bundan tashqari har bir to‘garakda talabalar aloxida mavzulardan chiqishlar qilishib, amaliyot tarzda operatsiyalar va bog‘lov xonalarda faol ishtirok etadilar, shuningdek, talabalar amaliy ko‘nikmalar bilan mustaqil shug‘ullanishadi. 

    To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Axmedov G’.K. bo’lib, bugungi kunda u asosiy doktorant, shuningdek 100 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.

    2022-2023 o‘quv yili davomida kafedramiz iqtidorli talabalari ustozlari bilan birga bir nechta mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda tezis va maqolalar chop etishdi va sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi. 3 ta maqola (Scopusda 1 ta va respublika jurnalda 2 ta) chop etildi.  Pediatriya fakulteti 409-gurux talabasi Achilov Yo.S. - 30.11.2022 y. da Toshkent shaxrida bo‘lgan «Virtuosos of Medicine» II xalqaro olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni, Tibbiy pedagogika fakulteti 409-gurux talabasi Sultanbaev Sh.A. - 16.12.2022 y. da Samarqand shaxrida bo‘lgan «Samarkand-2020» III xalqaro olimpiadada faxrli 1-o‘rinni egalladilar.

    19.05.2023 y. da SamDTUda o‘tgan «Dostijeniya fundamentalnoy, prikladnoy meditsini i farmatsii» 77-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga TIJ a’zolari tomonidan jami 6 ta tezis yuborildi. Tibbiy pedagogika fakulteti 409-gurux talabasi Sultanbaev Sh.A. – 1-o‘rinni, Tibbiy pedagogika fakulteti 402-gurux talabasi Umarova Osuda, Pediatriya fakulteti 411-gurux talabasi Turakulov Jamshid, Pediatriya fakulteti 322-gurux talabasi - Yuldashev Ulug‘beklar dokladlar bilan qatnashdilar va faxrli 3-o‘rinlarni olishdi. Jami: 6 ta.    “Yosh xirurglar” ilmiy to‘garaki a’zolari tomonidan “Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston Davlat meditsina universiteti”da bo‘ladigan XVIII ilmiy-amaliy konferensiyasida kafedradan 9 ta tezis nashr etilgan.