Fiziologiya kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh Fiziologlar" deb nomlangan talabalar ilmiy to‘garagi yig‘ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universiteti TIJ doirasida kafedra tomonidan tuzilgan yillik reja asosida amalga oshiriladi. Ilmiy to‘garak faoliyati yil davomida reja asosida oyiga 2-marotaba o‘tkaziladi. Har bir talaba kafedra o’qituvchilariga biriktirilgan va ustoz- shogird an’analariga muvofiq o‘zlarini qiziqtirgan mavzularda ilmiy rahbarlari bilan birgalikda ilmiy izlanishlar olib boradi. To‘garak yig‘ilishlarida mahalliy va Xalqaro ilmiy - amaliy konferentsiyalarda ishtirok etish, talabalarning oratorlik qobiliyatini shakllantirish, bajarilgan ishlar samarasi va ilmiy ishlar natijalari tahlil etiladi. Bundan tashqari har bir tugarakda laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi va talabalar amaliy ko‘nikmalar bilan mustaqil shug‘ullanishadi.
Har bir talaba ilmiy izlanishlari davomida yig‘gan ma'lumotlari va olgan natijalari asosida tayyorlagan tadqiqot ishlarini TIT yig‘ilishlarida taqdim etib borishadi. Ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida tayyorlangan ilmiy maqola va tezislarning eng dolzarblari tanlab olinib, respublika va xalqaro tanlovlarda va ilmiy – amaliy konferentsiyalarda e'lon qilinadi. Bundan tashqari to‘garakka yangi a'zo bo‘lgan talabalarga kafedraning ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan, tajribali o‘qituvchilari tomonidan ilmiy faoliyat xususida master-klasslar o‘tkaziladi.
To‘garak faoliyati uchun mas’ul rahbar o‘qituvchi Alimova Ozoda bugungi kunda katta o‘qituvchi lavozimida ishlaydi,shuningdek bir necha ilmiy ishlar; maqolalar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarning muallifi hisoblanadi.
TIT sardori: Raupov Baxodir, Davolash fakulteti 3-bosqich talabasi, 7 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, SamDTU da bo‘lib o‘tgan "Samarqand 2020-2" xalqaro olimpiada tanlovining 1-darajali diplom sohibi, Buxoroda bo‘lib o‘tgan “Ibn-Sino izdoshlari” xalqaro olimpiadasi 2-urin soxibi, “Rektor stipendiyasi” nomzodi, 3 ta sertifikat, 2 ta faxriy yorliq, 2 ta minnatdorchilik xati egasidir. Joriy yilda tugarak iqtidorli talabalari tomonidan 12 nafari O‘zbekiston Respublikasi va chet el davlatlarida tashkil qilinayotgan xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib sovrinli o‘rinlar egallashdilar.“Yosh fiziologlar” ilmiy tugaragi a'zolari tomonidan respublika nashrlarida 10 dan ortiq, xalqaro va chet el jurnallarida 26 ta maqola va tezislar chop etildi. ”Yosh fiziologlar” to‘garagi fiziologiya faniga va kelajakda ilmiy faoliyat olib borishga qiziqqan barcha talabalarni, to‘garak a’zolarining yutuqlarini rag‘batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradi.