Kafedraning talabalar ilmiy jamiyati to’garagi 1979-yilda tashkil etilgan bo`lib, hozirgi kungacha to'garak ishlari an’anaviy tarzda xodimlar tomonidandavom etib kelmoqda.
Kafedra faoliyatida o’quv jarayonining ajralmas qismi talabalarning ilmiy to’garak ishida ishtirok etishidir. Ularning ilmiy-tadqiqot ishlarining materiallari mahalliy va xorijiy adabiyotlarda muntazam chop etiladi, shuningdek, har yili yosh olimlar konferentsiyalarda ma'ruza qilishadi, ular sovrinli o`rinlarni egallashadi, bu esa bunday talabalarni o'qishni tugatgandan so'ng magistraturaga va keyingi davrda doktorantura hamda xorijda stajirovka o‘tash uchun tavsiya etish imkonini beradi.
Shuningdek, toʼgarak qatnashchilari Restpublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand shahar filiali 1- va 2-bolalar bulimlarida bemorlar koʼrigida amaliy bilimlarini boyitib bordi.
Xususan, kafedra qoshidagi “Yosh pediatrlar” talabalar ilmiy jamiyatining 2024-2025 oʼquv yilida yilida 25 nafar bakalavriat talabalari (3 nafari MBBS yoʼnalishdagi xorijiy fakulьtetdan), 6 nafar magistratura rezidentlari aʼzo qilib olingan va ularning barchasi doimiy ravishda kafedrada oʼtkaziladigan toʼgarak yigʼilishlarida faol qatnashib kelmoqda. Har bir talaba oʼz yunalishi boʼyicha kafedra oʼqituvchilariga biriktirilgan va «ustoz-shogird» anʼanalariga muvofiq ilmiy izlanishlarni olib bormoqda.
Talabalar ilmiy jamiyatiga masʼullar, kafedra dotsenti Lim M.V va asstistent Kardjavova G.А. rahbarligida yigʼilishlar haftaning har shanba kunlari oʼtkazilib borildi va oʼtgan vaqt davomida umumiy hisobda 22 marta ilmiy toʼgarak yigʼilishlari oʼtkazildi.
Ilmiy toʼgarakka a’zo talabalarga ilmiy – tadqiqot ishlarini olib borish, birlamchi hujjatlarni toʼplash, ularni qayd qilish va yuritish tartibi haqida maьlumotlar berildi. Ilmiy maqola va tezis tayyorlash, ularning turlari, tarkibiy qismlari, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash qoidalari, materiallarni yigʼish va ularni ustida ishlash uslublari, tadqiqotning natijalari va muhokamasi, ularni chop etish tartib qoidalari toʼgʼrisida master-klasslar oʼtkazildi.
Pediartiyaning dolzarb yoʼnalishlari hisoblangan pulmonologiya, kardiologiya, nefrologiya, nevrologiya, xirurgik kasalliklar boʼyicha talabalar oʼrtasida guruhlar shakllantirilib, ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. TIJ yigʼilishlarida Universitetning xalqaro tibbiy taʼlim fakulьtetidan koʼpchilik talabalar qatnashishi va mahalliy talabalarning qiziqishlarini hisobga olib konferentsiyalar ingliz, rus va oʼzbek tillarida tashkil qilindi.
Xozirgi kunda kafedramiz iqtidorli talabalari soni 50 nafarga etgan , ular joriy o’quv yilida mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda tezis va maqolalar chop etishdi va sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.Shundan 6 ta xorijiy maqola, 1 ta maxalliy maqola, 21 ta maxalliy va 6 ta xorijiy tezislar chop etildi.