×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  3-son ichki kasalliklar kafedrasida talabalar ilmiy jamiyati tashkil qilingan. Xozirgi kunda kafedra TIJga davolash va tibbiy pedagogika fakul’tetlarining 4 va 5 kurs talabalari orasidan 23 nafar talaba aʼzo boʼlgan. Talabalar ilmiy jamiyati boʼyicha masʼul assistent Ibadova O.A. talabalarga “Elektrokardiografiya: norma va patologiya”, “Kardiologik kasalliklarning klinik va instrumental diagnostikasi” yoʼnalishlari boʼyicha maʼruza va maxorat darslarini oʼtib kelmoqdalar.

  3-son ichki kasalliklar kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh kardiolog" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun ijtimoiy-gumanitar bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning falsafiy, uslubiy va bioetik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

  Tibbiy bilimlar va faoliyatning ijtimoiy-gumanitar muammolariga, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

  To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Ibadova Ol’ga Aleksandrovna bugungi kunda ilmiy izlanuvchi va ko’plab ilmiy ishlarning muallifi.