Fakultet olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy ishlar har doim ilmiy–pedagogik kadrlar tayyorlash va amaliy sog'liqni saqlash talablari bilan uzviy bog'liq holda olib borildi, ayni paytda Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-iyulda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda ma’qullangan O’zbekiston Respublikasi “ILM-FAN VA ILMIY FAOLIYAT TO‘G‘RISIDA”gi qonunida belgilangan muammolar va ularning yechimlariga tayanadi.
2020-2021 yillarda tugallangan tadqiqot ishlari natijalariga ko'ra, doktorlik dissertatsiyasi uchun 5 ta dissertatsiya himoya qilindi, 904 ta ilmiy ishlar, xususan, respublika jurnallarida 283 ta, chet elda 289 ta, 34 ta monografiya, 57 ta o'quv qo'llanmalar, 112 ta o'quv - uslubiy tavsiyanomalar, Scopus jurnallarida 125 ta maqola, 4 ta darslik va qo'shimcha 48 ta dastur ishlab chiqilgan.
2021-yil 22-oktabr kuni Pediatriya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi assistenti Nasirova Aziza Akbarovnaning dissertatsiyasi himoya qilindi. Mavzu: "Bronxial astma va o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligining kombinatsiyasidagi klinik va immunologik xususiyatlari". Ilmiy maslahatchi: t.f.d. Bazarova S.A.