×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

    Kafedrada 1-2  kurs pediatriya, davolash ishi, tibbiy proflaktika ishi, tibbiy biologiya ishi, stomatologiya va xalq tabobati  fakulteti talabalari «Gistologiya, sitologiya va embriologiya» fani dasturi asosida taxsil olishadi.

    Kafedrada magistratura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.


    O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:


    – Kvalifikatsion xarakteristika;
    – Davlat standarti;
    – O’quv dasturi;
    – O’quv ishchi dastur;
    – Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
    – O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
    – xalqaro tavsiyalar;
    – zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

    O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:


    Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar,  multimediya dasturlari,  ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

    Kafedra kutubxonasi:

  •  Кutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 200 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  •  Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

    Talabalar uchun mavzuga oid to’qima va organlarning gistologik preparatlari va ularni o’rganish uchun monokulyar, binokulyar, trinokulyar yorug’lik mikroskoplari va ularni mikropreparatlarni rasmga olish va electron doskalarda kattalashtirib ko’rsatish uchun video kameralar mavjud. Morfologik va morfometrik ma’lumotlarni olish uchun maxsus okulyar to’r va Garyayev to’ri mavjud. 

    Talabalar ilmiy jamiyatida qatnashuvchi talabalar uchun maxsus lobaratoriya, gistotexnika asbob anjomlari, gistologik bo’yoqlar va gistologik preparatlarini tayyorlash texnalogiylarini ko’rsat ko’rsatmalar va tavsiyanomalar mavjud.