×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Ayni paytda kafedrada o‘quv reja va fan dasturlariga muvofiq ta’lim yo‘nalishlarida quyidagi fanlardan o‘quv-laboratoriya mashg‘ulotlari olib borilmoqda:

  1. Sud tibbiyoti – 3 kredit,
  2. Vrach faoliyatining xuquqiy asoslari – 2 kredit

  O‘quv-laboratoriya mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etish va samaradorligini oshirish yuzasidan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar ma’lumotlari fanlarga tegishli zamonaviy o‘quv adabiyotlari, ekspertlik amaliyoti kuzatuvlari hamda moodel sammi.uz elektron o‘qitish platformasi materiallarida keng foydalanilgan holda, an’anaviy tarzdagi mashgulotlarda RSTEIAM Samarqand filiali bo‘limlari imkoniyatlaridan keng foydalanilgan holda o‘tkaziladi.
Ma’ruzalar ma’lumotlari yukori sifatli prezentatsiyalar bilan elektron o‘quv platformaga joylashtirilgan va ovozli rejimda yozilib joylashtirilgan.

  Fan dasturlarida belgilangan amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha kafedrada o‘quv-uslubiy tavsiyanomalar majmuasi ishlab chiqilgan, ularning barchasi o‘quv-laboratoriya xonalari hamda o‘quv baza bo‘limlarida namoyish etilgan holda o‘zlashtiriladi. Onlayn darslari uchun esa barcha amaliy ko‘nikmalar ovozli rejimda tayyorlanib o‘quv platformani tarkibiga joylashtirilgan. Ko‘nikmalarni qadamma-qadam bajarish metodologiyasi xam yaratilgan.
  Talabalar bilimini baholash amaldagi «Nizom» ga muvofiq joriy baholash (JB) va yakuniy baholash (YAB) tarzda amalga oshiriladi. JB va YAB og‘zaki so‘rov, test savollarini va vaziyatli masalalarni echish xamda amaliy ko‘nikmalarni bajarish orqali o‘tkaziladi. Talabalarni darslarga qatnashishi ustidan qattiq nazorat va doimiy monitorng o‘rnatilgan, shunga ko‘ra davomat ko‘rsatgichi 99,6%-99,8% ni, o‘zlashtirish esa 98-99% ni tashkil etadi. 2020 yilda SSV va institut rahbariyati tashabbusi bilan sud tibbiyoti fani bo‘yicha talabalar, magistr-rezidentlar va klinik ordinatorlar xalqaro fan olimpiadasi tashkil etildi.Unda 7 ta mamlakatdan 27 ta oliy o‘quv yurtlari va nufuzli markazlaridan 120 nafardan ziyod nomzodlar ishtirok etdi.

  Kafedraning ilmiy yo‘nalishi sud-tibbiy ekspertizaning dolzarb muammolari–« Qo‘shma ta’sirot faktorlari oqibatidagi jarohatlanishlarda mexanogenez va tanatogenezni baholash». Bu yo‘nalishda 2 ta doktorlik va 8 ta nomzodlik (PhD) dissertatsiyalari himoya qilingan. Oxirgi 5 yilda 250 dan ziyod ilmiy maqolalar, 57 ta uquv-uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyanomalar, 20 ta ratsionalizatorlik takliflar amaliyotga joriy qilingan.

  2020-2021 yillarda o‘zida kafedra o‘qituvchilari tomonidan 5 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta monografiya, 18 ta uslubiy tavsiyanoma, 126 ta ilmiy maqolalar nashr qilingan.

  Kafedra bazasida sud-tibbiyot ekspertlarining ashyoviy dalillarni o‘rganish bo‘yicha respublika seminari (1986), bosh sud ekspertlarining Butunittifoq yig‘ilishi va sobiq ittifoq tibbiyot fanlari akademiyasining sud tibbiyoti bo‘yicha ilmiy kengash plenumi (1988 yil oktyabr), va respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi «Sud tibbiyotining dolzarb muammolari va tibbiy qonun» (2004 yil 17-18 sentyabr) o‘tkazilgan.

  Kafedra xodimlari ko‘plab nufuzli anjumanlarda jumladan butun ittifoq sud tibbiy ekspertlar s’ezdi (1984,1988 yy.), Qazog‘iston sud-tibbiy ekspertlar s’ezdi (1989y.), Butun Rossiya sud-tibbiy ekspertlar s’ezdi(1992, Saratov, 2010, Moskva), Belarus respublikasi sud-tibbiy ekspertlar 2 – s’ezdi (2009g.), morfologlar xalqaro forumi (2006, 2007 yy.), O‘zbekiston morfologlari s’ezdlari (2000, 2004 yy.), O‘zbekiston stomatologlari s’ezdi (2004, 2005yy.), Respublika sud-tibbiy ekspertlar va kriminalistlar ilmiy konferensiyalari (2004-2021yy.) va yirik nufuzli xalqaro konferensiyalar (forumlar) da faol ishtirok etadi.

  Oxirgi o‘quv yillarda o‘quv-laborator mashg‘ulotlari hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatda nufuzli xorijiy tibbiyot universitetlari, jumladan Qozon Davlat tibbiyot universiteti, Sankt-Peterburg pediatriya tibbiyot universiteti hamda Ijevsk Davlat tibbiyot akademiyasining yuqori malakali professor - o‘qituvchilari hamkorlikda vebinarlar tashkil etish, akademik mobillik doirasida mashg‘ulotlar, ochiq ma’ruzalar o‘qitish va ilmiy maqolalar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

  Kafedra professor-o‘qituvchilarning deyarli barchasi o‘rindoshlik asosida filialning tegishli bulimlarida ekspertlik ishlarini bajaradilar, navbachilikda, shuningdek filialning barcha tadbirlarida, jumladan klinik-anatomik konferensiyalar, tergov (sud) eksperimenti, eksgumatsiya jarayonlarida va sud majlisi muxokamasida mutaxassis (ekspert) sifatida ishtirok etadilar.

  Magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari orasida ixtidorli yosh mutaxassislarni ilmiy-pedagogik faoliyatga keng jalb qilish orqali kafedrani pedagog o‘qituvchilari bilan uzluksiz ta’minlanishiga erishilmokda. Magistratura bitiruvchilari orasidagi pedagogik faoliyatga jalb qilinganlar orasidan 6 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga erishgan bo‘lsa, 4 nafari doktorlik dissertatsiyalar ustida ilmiy izlanishlar olib bormokda. Mutaxassisliklar bitiruvchilarining ko‘pchilik qismi bugungi kunda Respublika STE ilmiy-amaliy markazi va uning filiallarida (Samarqand, Navoyi, Qashqadaryo, Surxondaryo) samarali mexnat qilmokdalar va ularning barchasi Davlat eksperti maqomiga ega bo‘lganlar. Ular orasida xam kafedra bilan xamkorlikda va bevosita raxbarlikda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

  SHunga ko‘ra, kafedrada bu yo‘nalishda biriktirilgan murabbiylik oqim va guruxlarda, mashgulotlar jarayonida axborot soatlarida va tegishli mahallalarda, talabalar turar joylarida va ijarada yashovchilar bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida keng qamrovli tarbiyaviy ishlar olib boriladi.