×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari institut rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, halqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yunaltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir.

  №1 pediatriya kafedrasida har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadidatashrif buyuradigan chet eldagi yuqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.

  Kafedrada muntazam ravishda on-line Zoom platformasi orqali akademik mobillik doirasida MDX ning nufuzli tibbiyot oliygoxlari bilan ma’ruza va vebinarlar tashkil etib kelinmoqda. Shu jumladan,Rezyan Davlat tibbiyot universitetidan dotsent A.V.Dmitriyev, dotsent N.V.Fedina, Ijevsk Davlat tibbiyot akademiyasidan professor M.K.Ermakova, Tojikiston Davlat tibbiyot universitetidan professor S.N.Davlatovalarning ma’ruzalari talabalar tomonidan katta qizikish uyg`otgan.

  Shu bilan birga, kafedra xodimlari dotsent Lim M.V. Tojikiston Davlat tibbiyot universiteti talabalari uchun akademik mobillik dasturi doirasida ma’ruzalar xam o`qib kelishmoqda.

  Hamkorlik jugrofiyasi: Kafedraning yaqin va uzoq chet el davlatlardagi 10 ta dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud:

• Rossiya

• Tojikiston

• Qozog`iston