×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari institut rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, xalqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yo`naltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir.

  Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida 1-son bolalar xirurgiyasi kafedrasiga tashrif buyuradigan chet eldagi yuqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.

  Kafedrada muntazam ravishda on-line Zoom platformasi orqali akademik mobillik doirasida MDX ning nufuzli tibbiyot oliygoxlari bilan ma’ruza va vebinarlar tashkil etib kelinmoqda. Shu jumladan,Ijevsk davlat meditsina akademiyasidan professor V.V.Pozdeev., Bashkortostondavlat meditsina universitetiprof. V.U.Sataev, dotsentlar G.G.Latipova va O.G. Afanaseva, Chelyabinskdan profesor I.A.Abushlin, Kirov Davlat Meditsina universiteti prof. M.P.Razinlarning ma’ruzalari talabalar tomonidan katta qizikish uyg`otgan.

  Shu bilanbir katorda, kafedra xodimlari prof. D.O Atakulov va Sh.A.Yusupovlar tomonidan Rossiya va Tojikistonning nufuzli tibbiy oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun akademik mobillik doirasida ma’ruzalar xam o`qib kelishmoqda.

  Hamkorlik jugrofiyasi: Kafedraning yaqin va uzoq chet el davlatlardagi 10 ta dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlikmavjud:

• Rossiya

• Tojikiston

• Qozog`iston

• Qirg`iziston