×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

  4-son ichki kasalliklar kafedrasining hozirgi kundagi ustuvor vazifalaridan biri kafedraning halqaro aloqalarini rivojlantirishga asoslanib, halqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yunaltirgan. Kafedra mudiri Ismailov J.A. tomonidan Eronning Tabriz tibbiyot fanlari universiteti yurak-qon tomir tadqiqot markazi bilan hamkorlikda ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Ismailov J.A. tomonidan akademik mobillik asturi doirasida Saratov davlat tibbit niversiteti gospital terapiya kafedrasi xodimlari bilan birgalikda 18 soatlik dars mashgʻuloti tashkil etildi.

  Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari akademik almashinuv dasturi asosida chet eldan kelgan oʼqituvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida malaka oshirgan tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish. Kafedra professor-o‘qituvchilarini ilmiy salohiyatini oshirish uchun Respublika va xorijiy jamg‘arma, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼdod” jamg‘armasi, Erasmus +, GIZ, TIKA, JICA, KOICA, KOFIH va boshqa xalqaro tashkilot va taʼlim fondlari tanlovlarida ishtirokini ta’minlash yuzasidan izlanishlar olib borilmoqda.

  Kafedra professor-o'qituvchilari muntazam ravishda xalqaro va mahalliy ilmiy-amaliy konferentsiyalarda ishtirok etishadi, 50 dan ortiq sertifikatlarga ega. O’qituvchilar Mamurova N.N. va Zakiryaeva P.O. tomonidan Dr.Mir ishtirokida "Jigar etishmovchiligi" mavzusida xalqaro onlayn anjuman tashkil etildi.

  Xoljigitova M. B boshchiligida va kafedra xodimlari V.I. Razumovskiy nomli Saratov meditsina universiteti bilan xalqaro akademik mobillik doirasida vebinar va dars mashgulotlari tashkil etildi.