Urologiya xizmati juda qadimdan tabib yoki ustolar tomonidan koʼrsatilib kelingan (giyohlar bilan davolash, sunnat yoki xatna va boshqalar).
Samarqandda urologiya xizmati Respublikamiz miqyosidagi xuddi shunday xizmatning tarkibiy qismi sifatida barpo boʼldi va taraqqiy etdi.
1932 yilda Oʼzbek davlat universitetining meditsina fakulteti va 1935 yilda Samarqand meditsina instituti tashkil qilinishi bilan fakultet xirurgiya kafedrasi tarkibida urologiya fani ham oʼqitila boshlangan. Urologiyadan lektsiyalarni har xil davrlarda professorlar А.А.Kozirev, B.E.Pankratev, А.V.Suщevskiy, G.M.Mints, dotsentlar B.F.Medvedkov, M.L. Kotlyarevskiy, M.K. Karaevlar oʼqishgan.
1965 yili SamMI 1-son klinikasida 45 oʼrinli urologiya boʼlimi ochilgach, uning bazasida IV kurs talabalariga lektsiyalarni dotsent X.J.Rahmonov, amaliy mashgʼulotlarni esa assistent N.А. Yusupov oʼta boshlagan.
Mustaqil urologiya kafedrasi 1973 yili tashkil qilinib, uning birinchi mudiri etib dotsent X.J.Rahmonov tayinlangan. Dotsent Rahmonov Hamid Jalilovich 1 may 1916 yilda Fargʼonada tugʼilgan. SamMIni 1937 yilda tugatgan. Ikkinchi jahon urushida qatnashgan va 1947 yildan boshlab avval assistent, keyinchalik dotsent boʼlib fakultativ xirurgiya kafedrasida, 1973-1984 yillar davomida urologiya kafedrasi mudiri va 1984 yildan to umrining oxirigacha shu kurs, keyinchalik kafedra dotsenti sifatida faoliyat koʼrsatgan.
Dotsent Rahmonov X.J. uni bilganlar xotirasida printsipial xarakterli, yuqori professional xirurg-urolog va kamtarin inson sifatida eslanadi. U bemorlarning hurmati va olqishiga sazovor boʼlgan xirurg-urolog edi.
Urologiya kafedrasining birinchi xodimlari dots. Rahmonov X.J. (kurs mudiri), ass. Yusupov N.А., ass. Olimjonov N.K. va klinik ordinator S. Аllazovlar edi. 1976 yili N.А.Yusupov dotsentlikka oʼtkazildi va R.N.Ibodov Moskvada aspiranturani muvoffakiyatli tugatib qaytgach, assistentlikka qabul qilindi. Urologiya jamoasi bu davrda “Ileotsistoplastika”, “Siydik-tosh kasalligi”, “Piyelonefrit” kabi muammolar ustida ilmiy izlanishlar olib bordi.
Raxmonov X.J. (1916-1988)
1979 yili urologiya kafedrasi oʼshanda yangidan qurilib bitkazilgan SamMIning 2-son klinikasi tasarrufiga oʼtkazildi. 1984 yili kurs kafedraga aylantirildi va uning mudiri qilib shungacha fakultet xirurgiya, bolalar xirurgiyasi kafedrasida ishlab yurgan t.f.d. U.B.Bekmuratov tayinlandi, ord. Shtiben F.P. bir muddat soatbay assistent boʼlib ishladi. Urologiya kafedrasi 1990-1991 yillar davomida fakultiv xirurgiya kafedrasiga qoʼshib yuborildi. Shu davrda kafedra mudiri - prof. I.R.Rustamov faolyat olib bordi. .
1991 yildan boshlab urologiya kafedrasiga mudir qilib gospital xirurgiya kafedrasida ishlab yurgan t.f.d. А.S.Salomov oʼtkazildi. Bu davrda kurs xodimlari “Buyrak va siydik yoʼllarining infektsion-yalligʼlanish kasalliklari”, “Prostata bezining adenomasi” kabi ilmiy muammolar ustida ilmiy izlanishlar olib borishdi.
1991-1998 oʼquv yillari davomida urologiya kafedrasi pediatriya fakultetining xirurgiya kafedrasi bilan qoʼshilib, kafedra mudirligiga kayta prof. А.S.Salomov saylandi. Bu paytda kafedrada urologiya boʼyicha darslarni prof. S.А.Аllazov, ass., t.f.n. Z.R.Shodmonova, ass. D.R.Sayapova, ass. R.I.Hamitov va ass. N.А.Boboqulovlar olib borishdi. Urologiya kafedrasining aʼzolaridan S.А.Аllazov 1992 yili Samarqandda birinchi boʼlib urologiya fanidan doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1996 yili SamMIda “Urologiya” mutaxassisligi boʼyicha birinchi marta ajratilgan doktoranturaga t.f.n. Z.R.Shodmonova kabul qilindi va “Siydik-tosh kasalligini patogenetik davolash samaradorligini oshirish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bora boshladi.
1998 yilda D.R. Sayapova prof. S.А.Аllazov rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bu yillarda urologiya klinikasida "Uroliks" majmuasi, Litotriptor "Urat-II" oʼrnatilishi tufayli viloyat aholisiga koʼrsatilayotgan urologiya xizmati yangi pogonaga koʼtarildi.
Salomov А.S.
Urologiya kafedrasi "Pediatriya fakulteti xirurgiyasi va urologiya" deb atalgan kafedradan 1999 yilda ajratildi va mustaqil urologiya kafedrasigacha aylantirilib, prof. Аllazov S.А. mudir qilib tayinlandi. Bu davrda urologiyada juda koʼp qoʼllaniladigan adenomektomiya jarrohligi amaliyotida qon ketishni toʼxtatish maqsadida juda qulay maxalliy usul lagoxilus dimlamasidan foydalanish yaxshi natijalar berdi (bunda adenoma oʼrnini tampon qilish, tikish yoki koagulyatsiya qilishga xojat qolmaydi). Mustaqil urologiya kafedrasi 2006 yilda 6-7 kurslar xirurgik kasalliklari kafedrasi bilan yana kayta birlashtirildi.
Аllazov S.А.
2013 yildan urologiya kafedrasiga xirurgiya kafedrasidan oʼtkazilgan prof. Sobirov B.U. tayinlandi.