“Gigiyena, ijtimoiy gigiyena va sog‘liqni saqlashni tashkil etish” yagona kafedra sifatida 1931- yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning birinchi mudiri (1931-1940) S.D. Bautin Samarqand viloyatida sanitariya-gigiyena xizmati va o‘quv jarayonini tashkil etishda katta hissa qo’shgan. Kafedra tashkil etilganining dastlabki yillarida xodimlar asosan Samarqand viloyati tibbiyotining rivojlanish tarixi va sog‘liqni saqlashni tashkil etishning ayrim jihatlarini o‘rganish bilan shug‘ullangan.
Ijtimoiy gigiena va salomatlikni tashkil etish kafedrasi alohida kafedra sifatida 1934-1935 yillarda tashkil etilgan. 1939- yilgacha ijtimoiy gigiyena kursi bo'yicha ma'ruzalarni S.M. Subbotin va D.A. Drobinskiy o’qigan. 1939- yildan 1949 -yilgacha - E.S. Timm, hamda, 1942 – 1944- yillarda kafedraga I. Braun, 1945 yilda esa H.E. Darer kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borgan. Kafedrada ish asosan ikki yo‘nalishda olib borildi: Samarqand viloyati tibbiyotining rivojlanish tarixiga oid masalalar va sog‘liqni saqlashni tashkil etishning ayrim jihatlari ishlab chiqildi.
1940- yildan boshlab kafedra xodimlari amaliy sog'liqni saqlash bilan bog'liq mavzularni ishlab chiqish bilan shug'ullanadilar, shu jumladan karantin va mehnatga layoqatsizlik to'g'risidagi ma'lumotlar to'plangan, hamda "jarohatlanish", "ishlab chiqarish jarohati", "kasbiy kasallanish" tushunchalariga oydinlik kiritildi. Bundan tashqari, Samarqand shahri va Samarqand viloyatida (1868 - 1937) sog‘liqni saqlash tarixiga oid tibbiy sanitariya tadqiqot ishlari yakunlandi.
1949- yildan 1954 -yilgacha ijtimoiy gigiena va sog'liqni saqlashni tashkil etish kafedrasini iste'dodli sog'liqni saqlash tashkilotchisi L.E. Diskin va undan keyin 1960 yilgacha R.R. Farhodiy boshqarishdi. Ushbu davrda mintaqaviy patologiya, xususan, bezgak va leyshmanioz bo'yicha bir nechta tadqiqotlar o'tkazildi.
Farxadi Rashid Raimovich
1960 – 1966 yillarda kafedrani A.A. Gevorkov boshqardi.
1966 – 1969 –yillarda kafedraga M.I. Xaitov, 1969-1972 yillarda esa T.U. Aripova mudir sifatida faoliyat yuritishdi.
Xaitov Muso Nazarovich
M.N. Xaitov va T.U. Aripova rahbarligida kafedrada birinchi marta Samarqand shahridagi sanoat korxonalari ishchi va xizmatchilari o‘rtasida aholi salomatligini ijtimoiy-gigiyenik o‘rganish boshlandi.
Qodirov Asadulla Abdullaevich
1973 – 1981- yillarda kafedrani A.A. Qodirov boshqarib, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasining rivojlanish tarixiga katta e’tibor qaratgan. Uning rahbarligida sog‘liqni saqlash tarixi bo‘yicha keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borildi va bu yo‘nalishda o‘quv qo‘llanmalar nashr etildi.
Tilavov Boboqul Tilavovich
1997 – 2005 yillarda kafedra mudiri etib B.T. Tilavov tayinlandi. Uning rahbarligida kafedrada o‘quv jarayoni sifati yaxshilandi, aholi salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish yo‘nalishi bo‘yicha 300 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi, 2 ta respublika ahamiyatiga molik ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi.
Qo’shmurodov Yorman Xolmanovich
2006-2013-yillarda jamoat salomatligi, umumiy gigiyena va ekologiya qo‘shma kafedrasiga dotsent Y.X. Qushmurodov, 2013 –yildan esa kafedraga falsafa fanlari doktori (PhD), dotsent Zafar Zayirovich Aminov rahbarlik qilib kelmoqda.
Aminov Zafar Zoirovich
2020- yilgacha kafedra yagonaligicha qoldi, 2020 -yildan institut faoliyatining barcha yo‘nalishlarida amalga oshirilgan islohotlar bilan bir qatorda kafedra Umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasiga hamda Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni menejmenti kafedralariga bo‘lingan.
Hozirgi kunda “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni menejmenti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari quyidagi ilmiy mutaxassislardan iborat: professor J.A. Rizaev, katta o‘qituvchilar: S.B. Israilova, X.X. Hakimova, Sh.A. Mamasoliyeva, D.E. Qushmatova; assistentlar: D.N. Alimdjonova, A.A. Qurbonov, G.K. Do‘stova, A.A. Karimov, P.Sh. Nuritdinova, A. Ashraf, Y.Sh. Ro‘zimurotov va F.X. O'rinboev.
Kafedrada sog‘liqni saqlash sohasida tashkiliy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, sog‘liqni saqlashni boshqarishning zamonaviy usullari bo‘yicha universitetning uzoq muddatli ilmiy rejasiga kiritilgan turli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
O‘tgan 5 yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, 5 ta o‘quv qo‘llanmalar, 20 ta o‘quv-uslubiy ishlanmalar, 6 ta monografiyalar, 10 ta elektron dasturlar, shuningdek, respublika va xorijiy yetakchi jurnallarda 200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.
Kafedraning barcha xodimlari zamonaviy sog‘liqni saqlashning dolzarb muammolari ustida ish olib boradilar, ilmiy yangiliklarni, kasalliklarning oldini olishning yangi usullarini yaratadilar, talabalarni eng yangi ta’lim texnologiyalariga o‘rgatadilar.
Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Ukraina, Belarus, Turkiya va AQSHning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorlik qiladi va Yevropa Ittifoqining loyiha dasturlarida faol ishtirok etadi.