1934-35 yillarda Samarqand tibbiyot instituti klinikasi hududida sud-tibbiy amaliy ishlar va talabalar bilan darslar o‘tkazish uchun sud tibbiyoti markaz Rossiyaning Nijniy Voljsk shahrida tug‘ilgan (buyuk olim, sud shifokori, professor M.I.Rayskiyning shogirdi). dotsent V.S. Pyaternevning tashabbusi bilan barpo qilingan. V.S. Pyaternev Samarqand shahrida ilk bor sud-tibbiy ekspertiza xizmatini tashkil etgan va uning rivojlanishiga ham hissa qo‘shgan.
Tashkil etilgan sud-tibbiyot laboratoriyasida qator laboratorik tahlillar bilan birgalikda tirik shaxslarni va murdalarni tekshirish uchun xam zaruriy sharoitlar yaratilgan. Sud va tergov organlari bilan bevosita aloqa o‘rnatilgan. Kafedra o‘qituvchilari sud-tibbiyot ekspertlarning vazifalarini xam bajarganlar. O‘sha paytda nazariy o‘quv adabiyotlari etishmasligi va talabalar tomonidan mavzuni yaxshiroq amaliy o‘zlashtirish uchun V.S. Pyaternev kichik guruh mashg‘ulotlarini tashkil qilgan, ularda shaxsan o‘zi tomonidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanilgan.
Dots.V.S. Pyaternov
Ikkinchi jahon urushi yillarida markazda taniqli olim professor M.I. Rayskiy raxbarligida Rossiyadan evakuatsiya qilingan Leningrad harbiy tibbiyot akademiyasining xodimlari faoliyat olib borganla, ular bir vaqtning o‘zida sud-tibbiyot ekspertlari sifatida ham ishlaganlar. Professor M.I.Rayskiy doimiy ravishda pedagogik faoliyatni ekspertlik ishi bilan xamkorlikda olib borgan, buning uchun u hukumat va butunitifok Sog‘liqni saqlash vazirligining minnatdorchiligi bilan bir necha bor takdirlangan. Kafedrada o‘quv-laboratoriya mashg‘ulotlari uchun makropreparatlar muzeyini tashkil etgan.
Prof. Rayskiy Mixail Ivanovich
1949-1953 yillarda kafedra mudirlari dotsent M.L.Kotlyarovskiy (shuningdek sud tibbiy xizmatiga rahbarlik qilgan) va dots. A.A.Safronovalar bo‘lgan. Operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasi mudiri, professor G.N. Aleksandrov ma’ruzalar bilan shug‘ullangan va bir muncha vaqt sud tibbiyoti kafedrasini ham boshqargan. Bizgacha etib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘plab tibbiyot fanlari bilan keng va ko‘p qirrali tanishuvi, qat’iy mantiqiy fikrlashi, yuqori bilimliligi va katta tashkiliy qobiliyatlari tufayli G.N. Aleksandrov tinglovchilar e’tiboriga va xurmatiga sazovor bo‘lgan hamda ajoyib o‘qituvchi shuhratiga erishgan.
1954-63 yillarda kafedrani taniqli olim professor L.M. Eyidlin boshqargan. Uning rahbarligida kafedra sobiq Sovet Ittifoqining sud tibbiyotining eng etakchi bo‘limlaridan biriga aylandi, ilmiy-tadqiqot faoliyati kengaytirildi, aspirantlar o‘qitildi, yangi tadqiqot usullari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Kafedrada slaydlarga, makro - mikropreparatlarga boy muzey yaratildi. Olimning "O‘q otar qurol jarohatlanish" monografiyasi sud ekspertlar va kriminalistlar uchun qo‘llanma bo‘ldi. L.M.Eydlin tadqiqot, amaliy va ilmiy faoliyatdan tashqari, institutning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori sifatida ma’muriy faoliyatni ham olib bordi. Uning rahbarligida 5 ta fan nomzodlari tayyorlandi, ular keyinchalik tibbiyot fanlari doktorlari va professorlari bo‘lishdi (Akopov V.I., Jalolov D.D., Aleksandrov N.G.), kafedralarni boshqargan va ma’muriy faoliyatni olib borishgan. Professor N.G. Aleksandrov Andijon tibbiyot institutining sud tibbiyoti kafedrasini boshqargan.
Professor V. I. Akopov 1966-1979 yillarda CHita tibbiyot institutining sud tibbiyoti kafedrasini boshqargan, shu bilan birga ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor bo‘lib, keyinchalik shu institut rektori bo‘lgan. 1980 yildan beri V.I. Akopov Rostovga ko‘chib o‘tdi, u erda ko‘p yillar Rostov tibbiyot instituti kafedrasi mudiri bo‘lib ishlagan.
Professor D.D. Jalolov uzoq yillar davomida Toshkent tibbiyot institutida sud tibbiyoti kafedrasini boshqargan. D.D. Jalolov tomonidan ishlab chiqilgan ashyoviy dalillarni tekshirish usullari MDH mamlakatlaridagi barcha sud-tibbiy laboratoriyalarida keng qo‘llaniladi. Ushbu usullar bir qator evropa mamlakatlari adabiyotlarida ham o‘z aksini topgan.
Prof. Djalalov Djalil Djalalovich
1963-70 yillarda kafedra xodimlari quyidagilar edi: prof. Bereza M.G. (bosh), Murtazaev X.M., Jalolov D.D., Akopov V.I., Aleksandrov N.G., Serodzhev T.S., Airapetov V.B., Blyaxman S.D. Dotsent X.M.Murtazaev keyinchalik kafedraga mudirlik ham qildi.
Dotsent Murtazaev H.M. ko‘p yillar davomida dunyoga taniqli olim, akademik M.I. Avdeev rahbarligida transport shikastlanishida oyoqlar periferik qon tomirlarining shikastlanish mexanizmini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi. U suyak va qon tomirlar jaroxatlarni tekshirish uchun bevosita mikroskopiya usulini tatbiq etdi, shikastlanish mexanogenezini baholash uchun qon tomirlariga etkazilgan zararning ahamiyatini asoslab berdi.
1995 yildan 2022 yilgacha kafedraga tibbiyot fanlari doktori, professor S.I.Indiaminov rahbarlik qilgan.
1980 yildan boshlab kafedra Samarqand tibbiyot instituti klinikasi hududidan yangi qurilgan sud-tibbiy ekspertiza bazasiga o‘tkazildi. 2001 yildan yangi davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash asosida kafedrada tibbiyot, tibbiy-pedagogika, pediatriya fakultetlari va oliy hamshiralar fakulteti talabalari uchun yangi fan - "Tibbiy faoliyatning huquqiy asoslari" fanini o‘qitish topshirildi. Yangi o‘quv bazaga eta bo‘lgach sud-tibbiyoti xizmatining imkoniyatlarini ilmiy tadqiqotlar va ekspertizalarni o‘tkazishda hamda talabalarning amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda o‘quv baza mutaxassislar bebaho amaliy yordam ko‘rsatdilar.
Prof. S.I.Indiaminov
Indiaminov Sayit Indiaminovich – sud tibbiyoti kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori, 1995 yildan 2022 yilgacha kafedrada rahbarlik qilib kelgan. 350 dan ortiq ilmiy ishlar, 8-ta darslik, 14 - ta o‘quv qo‘llanma, 10 - ta monografiya, 36 - ta metodik tavsiyanomalar, 24 - ta ratsionalizatorlik taklifi va 12 - ta EHM dasturlar muallifi. Uning rahbarligida 8-nafar fan nomzodlari (falsafa doktorlari) himoya qilgan. Hozirgi kungacha 3ta doktorlik va 12 ta falsafa doktori dissertatsiyalariga raxbarlik qilmoqda.
M.Z.Yakubov
Yakubov Munis Zokirovich – SamDTU Sud tibbiyoti kafedrasi mudiri 2022 yil iyun oyidan hozirgi kungacha boshqarib kelmoqda.