×
Menu
Close Menu

SamDTUda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash

Tayanch doktorantlar ro'yxati(PhD)2024-yil

2023-yil Disertatsiya himoya qilganlar (DSс,PhD)

Ilmiy darajalarni berish tartibi to'g'risidagi QOIDALAR

  Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limining asosiy maqsadi jamiyatni yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo'lgan ehtiyojini qondirishdir. Ilmiy, ilmiy - pedagogik kadrlarni tayyorlash - falsafa doktorlari (falsafa doktori, PhD) va fan doktorlari (fan doktori, DSc) doktorantura, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchi tanlovi orqali amalga oshiriladi.
  Doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlashning huquqiy asosi - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi "Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida" gi PP-4958-sonli Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30-may raqamli 22-sonli "Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qaroriga asoslanadi.
  Tayanch doktorantura - O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablag'lari hisobidan moliyalashtirilgan mutaxassislikni chuqur o'rganish va fanlar bo'yicha doktorlik dissertatsiyasini ishlab chiqarishdan uzilgan xolda tayyorlash va himoya qilish maqsadida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga da'vogarlar uchun tashkil etilgan, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayorlovchi ta'lim shakli.;
  Doktorantura - bu ixtisoslikni chuqur o'rganishda fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga da'vogarlar uchun tashkil etilgan, yuqori malakaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar mutaxassisliklari bo'yicha doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ishlab chiqarishdan ajralgan holda O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari xisobidan moliyalashtiriladigan oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim shakli.;
  Musaqil izlanuvchi - bu falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olishga da'vogarlar uchun ixtisoslikni chuqur o'rganish va ular tomonidan doktorlik dissertatsiyasini tayyorlab himoya qilish uchun ilmiy izlanishlar olib boorish uchun tashkil etilgan yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar mutaxassisliklari bo'yicha ishlab chiqarishdan uzilmasdan keyingi ta'lim shakli.;
  Hozirgi kunda institutda 30 ta mutaxassislik bo'yicha falsafa doktorlari (falsafa doktori, PhD) va fan doktorlarini (fan doktori, DSc) tayyorlash imkoniyati mavjud:

03.00.07 - Mikrobiologiya
03.00.04 – Biokimyo
14.00.01 - akusherlik va ginekologiya
14.00.02 - Inson anatomiyasi
14.00.03 - Endokrinologiya
14.00.04 - Otorinolaringologiya
14.00.05 - Ichki kasalliklar
14.00.08 - ko'z kasalliklari
14.00.09 - pediatriya
14.00.11 - Dermatovenerologiya
14.00.13 - asab kasalliklari
14.00.14 - onkologiya
14.00.15 - Patologik anatomiya
14.00.16 - Patologik fiziologiya
14.00.17 - normal fiziologiya
14.00.18 - psixiatriya
14.00.19 - Radiatsion rentgenologiya
14.00.21 - stomatologiya
14.00.22 - Travmatologiya va ortopediya
14.00.23. - gistologiya, embriologiya va sitologiya
14.00.24 - sud tibbiyoti
14.00.25 - Farmakologiya
14.00.26 - ftiziatriya
14.00.27 - jarrohlik
14.00.28 - neyroxirurgiya
14.00.29 - gematologiya
14.00.35 - bolalar jarrohligi
14.00.40 - urologiya
14.00.42 - Klinik farmakologiya
14.00.06 - Kardiologiya
14.00.10 - Yuqumli kasalliklar
14.00.12 - Tibbiy reabilitatsiya
14.00.14 - Onkologiya
14.00.30 - Epidemiologiya
14.00.31 - Urologiya
14.00.33 - Aholi salomatligi. Sog'liqni saqlashni boshqarish
14.00.36 - Allergologiya va immunologiya
14.00.37 - Anesteziologiya va reanimatologiya

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Nizomlari

http://oak.uz/userfiles/files/1_%203-47.pdf

http://oak.uz/userfiles/files/2_%2048-66.pdf

http://oak.uz/userfiles/files/3_%2067-89.pdf

http://oak.uz/userfiles/files/4_%2090-99.pdf

http://oak.uz/userfiles/files/5_%20100-110.pdf

http://oak.uz/userfiles/files/6_%20Amaliyot.pdf

http://oak.uz/userfiles/files/7_%2019-29.pdf

DOKTARANTURA NIZOMI