×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada 4 kurs pediatriya,4 – kurs tibbiy – pedagogika, davolash ishi fakulteti talabalari «Endokrinologiya» fani dasturi asosida ta'lim beriladi.

  Kafedrada magistratura va klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan bo’lib o’qituvchilar tomonidan muntazam ravishda darslar olib boriladi.

  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi universtetimiz tomonidan tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda foydalanib kelinmoqda.

  Kafedra kutubxonasi:
• Кutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 20 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
• Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

  Talabalar uchun mavzuga oid bo’lim xonalarida davolanayotgan bemorlarni ko’rigi, ultratovush xonalarida bemorlarni ko’rish tashkil etilgan. Shuningdek talabalar Sog’liqni Saqlash Vazirligi Akademik Yo.X.To’raqulov nomidagi Respublika Ixtisoslashgan Endokrinologiya Ilmiy- amaliy Tibbiyot markazi Samarqand hududiy filialida o’tazilayotgan xirurgik jaroxlik muolajalarini xam ko’rish imkoniyatiga egalar.

  Amaliy ko’nikmalar o’qituvchilar tomonidan bajarilib ko’rsatiladi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan shu vaqtga qadar 6 ta o‘quv qo‘llanmalari va 19 ta o‘quv-uslubiy ta’vsiyanomalar o’zbek var us tillarida chop etilgan.