×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

  Akademik mobillik dasturlari doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-oʻqituvchilaridan iborat delegatsiya M.F.Vladimirskiy nomidagi Moskva mintaqaviy ilmiy-tadqiqot institutiga (MONIKI, RF) tashrif buyurdi.

 Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari MONIKI vrachlar malakasini oshirish fakultetining “Ichki kasalliklar”, “Endokrinologiya”, “Patofiziologiya”, “Umumiy tibbiyot amaliyoti” kabi klinika va kafedralari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular stimulyatsiya va akkreditatsiya markaziga, stimulyatorlarda ishlash boʻyicha master-klassga va Stupino viloyat klinik shifoxonasining kattalar uchun tuman poliklinikasiga tashrif buyurishdi.   Samarqand Davlat tibbiyot instituti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti negizida tashkil etilgan Turkiyaning Sog’liq bilimlari universiteti Xalqaro Turkiya fakultetio‘rtasida tuzilgan hamkorlik kelishuvida belgilangan akademik mobillik dasturi doirasida institutga offlayn tarzda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti negizida tashkil etilgan Turkiyaning Sog’liq bilimlari universiteti Xalqaro Turkiya fakultetiprofessori, Muhammet Raşit Sayın va Halit Chinarka Ichki kasalliklar propedevtikasi bazasida akademik mobillik doirasida 13.12.2021 dan 15.12.2021 gacha kalendar-tematik rejaga asosan maruza va amaliy darslar mashg‘ulotlarini o‘tishdi.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti xodimlari simulyatsiya markazi, davlat attestatsiya komissiyasining ish tartibi, oʻquv markazining ish tartibi bilan yaqindan tanishib, “Tadqiqotning rentgenologik usullari xavfsizligi” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanda ham ishtirok etdilar.