Samarqand davlat tibbiyot universiteti terapevtik stomatologiya kafedrasining xalqaro hamkorlik vazifalari universitetning rivojlantirish konsepsiyasidan kelib chiqib, uning xalqaro ta’lim makonidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan. Xalqarolashtirishning asosiy afzalliklari xorijdan talabalar sonining ko‘payishi, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan qo‘shma loyihalar ishlab chiqilishi, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar yaratish, xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan tadqiqotchilar va o‘qituvchilar, talabalar sonining ko‘payishiga qaratilgan. Xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, akademik mobillik, malaka oshirish, ilmiy anjumanlarda ishtirok etish maqsadida Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasiga xorijdan tashrif buyuruvchi yuqori malakali mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, talaba va tadqiqotchilar soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Kafedrada ZOOM onlayn platformasidan samarali foydalangan holda akademik mobillik doirasida MDH davlatlarining nufuzli tibbiyot universitetlari bilan muntazam ravishda ma’ruzalar va vebinarlar tashkil etib kelinmoqda. 2020-2022 yillar davomida o'tkazilgan vebinarlar orasida Rossiya Federatsiyasi Sog'liqni Rossiya xalqlar do’stligi universiteti ortopedik stomatologiya kafedrasi, professori Akulov Andrey Viktrovich, I.P.Pavlov nomidagi Birinchi Sank-peterburk Davalat Tibbiyot Universiteti hamkor kafedra t.f.d. professor ,Orexova Ludmila Yurievna, Rassiya Federatsiyasi Sog’liq bilimlari universiteti stomatologiya kafedrasi mudiri, docenti Kravec Olga Nikolayevna
Rossiya xalqlar do‘stligi universitetining ortopedik stomatologiya kafedrasi professori
Tverskoy tibbiyot akademiyasining faxriy professori (2008)
Stomatologiya klinikasining asoschisi va ekspert shifokori, Sankt-Peterburg
Professor Akulovich tishlarini oqartirish markazi rahbari (Moskva) Oliy malaka toifali stomatolog-terapevt