Joriy yilning 2-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Pediatriya fakulteti tashabbusi bilan talabalar ishtirokida 1-dekabr - OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
SamDTU Pediatriya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Anvar Erashev, universitet profilaktika inspektori Otajon Eshmuratov hamda Samarqand viloyati OITS(Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi)ga qarshi kurashish markazi mutaxassislari ishtirokida o‘tgan tadbirda talabalarga kasallik va uning belgilari, yuqish va kechish jarayonlari, shuningdek, OITS va OIV profilaktikasi borasida kerakli ma’lumot va tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida talabalar yuzaga kelgan savollarga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
SamDTU Matbuot xizmati