Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining IV-Xalqaro olimpiadasi boʻlib oʻtdi

  Joriy yilning 15-16-dekabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida anʼanaga aylanib ulgurgan “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining IV-Xalqaro olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Olimpiadada jahonning oʻnga yaqin davlatlaridan jumladan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Belorussiya va Ukraina davlatlarining 84 ta Tibbiyot oliygohlaridan 670 ta offline va 4141 nafar online tarzda talabalar, xorijiy tibbiyot muassasalari rektorlari hamda 80 nafarga yaqin professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi.

  Olimpiadaning tantanali ochilish marosimida soʻzga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev toʻrtinchi bora tashkil etilayotgan mazkur nufuzli musobaqa nafaqat talabalar va yosh tadqiqotchilarning bilim va malakalarini sinovdan oʻtkazish va ularni munosib taqdirlashga balki, xalqaro doʻstona munosabatlarning yanada mustahkamlanishi hamda tibbiyot sohasida jahonning bir qator mamlakatlari bilan yangidan yangi hamkorlik aloqalarining oʻrnatilishiga zamin yaratishini taʼkidlab, barcha olimpiada ishtirokchilariga omad tiladi.

  Ochilishning keyingi qismi bayramona ruhda davom etib, qiziqarli chiqishlar va kuy-qoʻshiqlar barcha ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi.

  Olimpiada doirasida bir guruh xorijiy davlat OTM professor oʻqituvchilariga SamDTU rektori Jasur Rizayev tomonidan universitetning “Faxriy professori” unvoni hamda Sogʻliqni saqlash Vazirligi tashakkurnomalari topshirildi.

  Jumladan, Belarus davlat Xalqlar doʻstligi ordenli Vitebsk davlat tibbiyot universiteti rektori Chukanov Aleksey Nikolayevichga “Samarqand davlat tibbiyot universiteti faxriy professori” unvoni; Belenova Irina Aleksandrovna, Sankt Peterburg Sogʻliqni saqlash qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Tereshin Aleksey Yevgenevich, Turkiya Sogʻliq bilimlari universiteti Rektori Kamalettin Aydinlarga Sogʻliqni saqlash Vazirligi tashakkurnomalari topshirildi.

  Shuningdek, SamDTU talabalari uchun chet ellik va respublikamizning yetakchi mutaxassislari tomonidan zamonaviy tibbiyotda fundamental fanlar, ilmiy tadqiqot usullari va boshqa dolzarb masalalarga bagʻishlangan oʻttizga yaqin master-klasslar, bakalavr, magistr hamda klinik ordinatorlar uchun xorijiy tibbiy OTMlari rektorlarining maʼruzalari ham tashkil etildi.

  Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining IV-Xalqaro olimpiadasida ishtirok etuvchilar ikki bosqichda, test sinovlari va amaliy koʻnikmalarini namoyish etish orqali bellashadilar. Shu bilan bir qatorda anʼanaviy tarzda qatnashayotgan 670 nafar talabalar oʻz amaliy bilimlarning jahon standartlari talablariga javob beruvchi 7-avlod simuliatsion robotlari orqali oʻzi koʻnikmalarini sinovdan oʻtkizdilar. Olimpiada oʻz ishini oʻzbek, rus va ingliz tillarida olib bordi.

  Shuningdek, ilk bor Oʻzbekistonning Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi va xorijiy tibbiyot kollejlarining oʻquvchilari oʻrasida xalqaro olimpiada tashkil qilindi.

  Olimpiadaning yopilish marosimi ham tantanali tarzda tashkil etilib, gʻolib va sovrindorlar, faol ishtirok etgan va nominatsiya boʻyicha gʻolib deb topilgan ishtirokchilar diplom, sertifikat hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimi bayramona ruhda davom ettirilib, tayyorlangan chiqishlar va koʻngilochar kuy-qoʻshiqlar barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.

SamDTU matbuot xizmati