Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Nevrologiya kelajagi” talabalar va yosh olimlarning xalqaro tanlovi

  2022-yil 28-oktabr kuni Stavropol davlat tibbiyot universiteti (RF) mintaqalararo va fanlararo ilmiy va ilmiy-amaliy tadqiqotlar doirasida talabalar va yosh olimlarning “Nevrologiya kelajagi” II Satellit xalqaro tanlovi dasturi doirasida onlayn ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Konferensiya ishida Rossiya va MDH davlatlarining oliy tibbiyot taʼlim muassasalari talabalari va olimlari, shu jumladan Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari ishtirok etdi.

  Anjumanda nevrologiya, neyroxirurgiya, neyroreabilitatsiya, psixiatriya, neyrofiziologiya va ularning zamonaviy jihatlariga oid turli maʼruzalar tinglandi. Har bir ishtirokchi adabiyotlarni oʻrganish, oʻz tadqiqotlari natijalari, klinik holatni koʻrib chiqish va COVID-19 bilan bogʻliq kasalliklar kabi turli mavzularda taqdimot qildi.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti talaba-yoshlari neyroxirurgiya kafedrasi mudiri dotsent M.A.Aliyev va neyroxirurgiya kafedrasi professori A.M.Mamadaliyev rahbarligida oʻzlarining yorqin chiqishlari bilan tanlov hayʼat aʼzolarining ijobiy munosabatini uygʻotdilar va munosib taqdirlandilar. “Neyroxirurgiya boʻyicha tadqiqotlari” yoʻnalishi boʻyicha faxriy oʻrinlar olishga muvaffaq boʻldilar.

  Konferensiya yakuniga koʻra SamDTUning davolash fakulteti talabasi Xolmurodova Hulkar 2-oʻrinni, pediatriya fakulteti talabalari Xolmurodov Odilbek va Abdunazarov Shoxzod 3-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

  Konferensiya yuqori saviyada oʻtkazildi, tashkiliy qoʻmita barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki va chiqishlari uchun minnatdorchilik bildirdi.


SamDTU matbuot xizmati