Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Samarqand kuniga bagʻishlangan “Oʻtmishi sharafli, buguni saodatli, kelajagi abadiy shahar” tadbiri bo'lib o'tdi

  18 oktabr kunini xalqimiz Samarqand shahri kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetini tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti dekanati va jamoasi hamda tibbiy biologiya va genetika kafedrasini professor-oʻqituvchilari, Yoshlar Ittifoqi yetakchilari tomonidan 3-son talabalar turar joyida “Oʻtmishi sharafli, buguni saodatli, kelajagi abadiy shahar” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

  Tadbirda talabalar tomonidan Samarqand tarixiga oid sahna koʻrinishlari, ular uchun turli tanlovlar, rassomchilik, shaxmat, shashka va tennis musobaqalari oʻtkazildi.

  Musobaqalar gʻoliblari sertifikat, diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi. Tadbir soʻngida esa yangragan taronalar barchaning qalbiga quvonch ulashdi.



SamDTU matbuot xizmati