×
Menu
Close Menu

Navbatdagi ilmiy kengash bo‘lib o‘tdi

  28-sentyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining navbatdagi Ilmiy kengashi boʻlib oʻtdi.

  Kirish nutqida rektor Jasur Rizayev yigʻilganlarga koʻp yillar davomida sogʻliqni saqlash xizmatida samarali xizmatlari uchun dotsent Minnulin Irkin Rashidovichga “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

  Yigʻilishda kengash aʼzolariga Samarqand davlat tibbiyot universiteti Akademik litsey, Jamoat salomatligi texnikumlar va tibbiyot kollejlari bilan ishlash boʻyicha prorektor, PhD Aziz Kubayev, universitetning gigiyena kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Pirmamat Fayziboyev, Diplomdan keyingi taʼli fakulteti ijtimoiy salomatlik va sogʻliqni saqlash boshqaruvi kursi mudiri, tibbiyot fanlari doktori Maxmudov Kamaliddin, farmatsiya ishini tashkil qilish kafedrasi mudiri Bozorova Nigina, ilmiy innovatsion ishlanmalarini tijoratlashtirish boʻlimi boshligʻi Samatov Sanjar,Farmatsevtika va toksikologik kimyo kafedrasi mudiri, Biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Baykulov Azim tanishtirildi.

  Ilmiy kengashda 5 nafar ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan universitet professor-oʻqituvchilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

  Kengash majlisida kun tartibiga muvofiq boshqa masalalar ham muhokama qilindi.


SamDTU matbuot xizmati