Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Talabalikka bagʻishlov” tantanali uchrashuvi oʻtkazildi

  Bugun, 26 sentabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining yangi oʻquv binosida “Talabalikka bagʻishlov” tantanali uchrashuvi oʻtkazildi. Tadbirda universitetining maʼmuriyati, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va talabalar qatnashdilar.

  Uchrashuvni Universitet rektori professor Jasur Rizayev tabrik soʻzi bilan ochib berdi. Universitet rektori va boshqa chiqish qilganlar qabul qilingan barcha birinchi kurs talabalarini tabriklab, ularni kelgusi oʻqishi va ishlariga omadlar tiladilar.

  Yigʻilishdan soʻng barcha birinchi kurs talabalari tyutorlari rahnamoligida Universitetning oʻquv binolari, maʼruza zallari, oʻquv auditoriyalari va laboratoriya xonalari, yangi binoda tashkil etilgan zamonaviy axborot-resurs markazi va oliygoh tarixi muzeyi bilan tanishib chiqdilar.

  Talabalar uchun birinchi dars mashgʻuloti odatdagidek “Mustaqillik darslari” sifatida oʻtkazildi.




SamDTU matbuot xizmati