Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining joriy yil 6 maydagi “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, turli sohalarda koʻp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan pensiya yoshidagi samarqandlik nuroniylardan bir guruhi “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Joriy yilni 29-iyun kuni viloyat hokimligida ularga ushbu koʻkrak nishonini taqdim etishga bagʻishlangan marosimda viloyat hokimi E.Turdimov ishtirok etib, keyingi yillarda keksa avlod vakillariga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik, shunga monand nuroniylarning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalar rivoji uchun qoʻshayotgan hissasini taʼkidladi.
Tadbirda tantanali ravishda 90 nafar faol samarqandlik nuroniylarga “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni hamda bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini topshirildi.
Mukofotlanganlar orasida Samarqand davlat tibbiyot universitetini vakillarini borligi barchamizni quvontiradi.
Jumladan, Universitet Kasaba uyushmasi raisi, “Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi dotsenti Ya.Allayorov;
“Otorinolaringologiya” kafedrasi professori, t.
“Fizika, biofizika va tibbiy fizika” kafedrasi dotsenti,
SamDTU matbuot xizmati