Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasida masofaviy telemeditsina markazi oʻz faoliyatini boshladi

  Hozirgi kunda tibbiyotda olib borilayotgan tarsformatsion jarayonlarda tibbiyot sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, sohaga doir innovatsion texnologiyalarni olib kelish muhim oʻrin tutadi.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi shu maqsadda Koreya Respublikasi Kyonbuk Milliy universiteti Chxilgok klinikasi bilan oʻrtasida 2019 yil 19 aprelida imzolangan oʻzaro anglashuv memorandumi boʻyicha oʻtgan yillar vaqt mobaynida klinika amaliyotiga endoxirurgik operatsiyalarni kiritish, kadrlarni tayyorlash, klinikani zamonaviy jihozlar bilan jihozlash kabi qator ishlar amalga oshirildi.

  2022 yil 8-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasida koreyalik hamkorlar bilan masofaviy telemeditsina markazining tantanali marosimi oʻtkazildi. Ochilish marosimida SamDTU rektori, prof. J.A.Rizaev ishtirok etib barcha tadbir ishtirokchilarni tabrikladi.

  Masofaviy telemeditsina markazining ochilishidan maqsad bolalar xirurgiyasining dolzarb masalalari boʻyicha masofadan turib, zamonaviy innovatsion xirurgik davolash usullari boʻyicha tajriba almashish, alohida bemorlarni masofadan turib konsultatsiya berish, qilish, ilmiy tadqiqot ishlari yoʻnalishlari boʻyicha fikrlar almashish kabi koʻplab vazifalar qoʻyilgan.

  Klinikada bunday xalqaro masofaviy telemeditsina markazining ochilishi, shubhasiz aholiga koʻrsatilayotgan ixtisoslashgan xirurgik yordamni sifat jihatidan yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.



SamDTU matbuot xizmati