Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti xodimlari QozMTUda (Olmaota, Qozogʻiston)

  Joriy yilni 11-14-may kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti xodimlari — 3-son ichki kasalliklar kafedrasi mudiri Gulandom Shodiqulova, assistentlar Ulugʻbek Poʻlatov va Zarangis Tairovalar S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universitetida (Olmaota, Qozogʻiston) akademik mobillik dasturini amalga oshirdilar.

  Tashrif davomida qozogʻistonlik hamkasblar bilan keng tajriba almashildi. Xodimlarimiz qoʻshni davlatdagi yetakchi tibbiyot oliy oʻquv yurtlaridan biri boʻlgan QozMTUda oʻquv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishdilar, markaziy klinik shifoxona, terapiya boʻlimlarida boʻlib, kafedralarning oʻquv va ilmiy-tadqiqot ishlarining xususiyatlarini oʻrgandilar. SamDTU vakillari QozMTU talabalari uchun maʼruzalar va amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazdilar.

  Tashrif davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti xodimlari universitet rektori Talgat Nurgojin va akademik mobillik boʻyicha prorektor Klara Baildinova bilan ham uchrashuv oʻtkazdilar.

  Tibbiyot kadrlarini tayyorlash sohasida QozMTU tajribasi bilan tanishish universitetimizning akademik salohiyatini oshirish va xalqaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.




SamDTU matbuot xizmati