Samarqand davlat tibbiyot universitet “Universitet 3.0 modeliga boqichma-bosqich oʻtishda dual taʼlim” mavzusida amaliy seminar oʻtkazildi. Uchrashuvda farmatsiya fakultetini talabalari, tibbiy kimyo kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirok etdilar.
Seminarni Samarqand davlat tibbiyot universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor, t.f.d Sh.X.Ziyadullaev ochib berdi. Soʻng, tibbiy kimyo kafedrasi mudiri, t.f.d. D.Q.Xolmurodova Universitet 3.0 modeli va DUAL taʼlim haqida tushuncha berdi. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida bosqichma-bosqich “Universitet 3.0” tushunchasini joriy etish, mazkur modelda fan-taʼlim bilan bir qatorda innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatini rivojlantirish ham belgilangan. Dual taʼlim — bu taʼlim turi boʻlib, bunda nazariy qism universitetda, amaliy qism esa ishlab chiqarish korxonasida oʻtiladi.
Seminarda ilgʻor ishlab chiqarish kompaniyalaridan hisoblanadigan “
Seminar savol javob va jonli muloqot tarzida oʻtdi. Talabalari shunday seminarlar koʻproq tashkil etish taklifini berdilar.
SamDTU matbuot xizmati