Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Yoshlar tarbiyasi va salomatligi doimiy eʼtiborda

  SamDTI Akademik litseyi oʻqituvchi va oʻquvchilari oʻrtasida “Yoshlar tarbiyasi va salomatligi doimiy eʼtiborda” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

  Tadbirda mustaqil Oʻzbekistonimizda yoshlarning taʼlim - tarbiyasi bilim olishi, til oʻrganishlari, oʻz ustilarida mustaqil izlanishlari, sanat, sport bilan muntazam shugʻullanishlari, salomatliklarini mustahkamlashlari, chet davlatlarining nufuzli oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi hamda bu borada davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, ularning ijrosi toʻgʻrisida, litseydagi, institutdagi sharoitlar toʻgʻrisida soʻz bordi.

  Yoshlar kelajagimiz bunyodkorlari ekanligi, sogʻlom xalq-sogʻlom millatgina buyuk ishlarga qodir boʻlishligi, kelajagimiz yoshlar qoʻlida ekanligi, buning uchun yoshlarimiz oʻz salomatliklariga hech qachon befarq boʻlmasliklari, tibbiy koʻriklardan oʻz vaqtida muntazam oʻtib turishlari, ovqatlanish madaniyatiga, tozalikka rioya qilishlari lozimligi uqtirildi. Zero intizom va salomatlik bor joyda rivojlanish, taraqqiyot boʻladi.



SamDTI Matbuot xizmati