×
Menu
Close Menu

​Samarqandda “Talaba — yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasi o‘tkazildi

  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda "Talaba-yoshlarni sog‘lom hayotga targ‘ib qilish, ularni doimiy sport bilan shug‘ullanishi uchun “Talaba — yugur”  ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasi o‘tkazilib kelinmoqda.

  Joriy yilning 21-oktyabrk kuni Boqiy shaharda “Talaba — yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasi o‘tkazilib, unda Samarqand viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi. Jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti  jamoasi hamda 250 nafardan ortiq  ko‘ngilli talabalar musobaqada faol ishtirok etdilar.

  Musobaqa natijalarini YUGUR ( http://www.yugur.uz/ )  platformasi orqali ko‘rishingiz mumkin.


SamDTU Matbuot xizmati