Ona tilimiz milliy davlatchiligimiz va qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirganligi bilan katta ahamiyatga ega. 1989-yil 21-oktyabrdan beri har yili o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunni bayram sifatida nishonlab kelamiz.
Bugun ham bayram munosabati bilan Samarqand shahridagi “Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i” da tilimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan shoir, mutafakkir, so‘z mulkining sultoni, Hazrat Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand shahrining bir qator mas’ul shaxslari, soha mutaxassislari hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari va talabalar ishtirok etdi. Shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi ham bayram tadbirida ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ona tilimiz ulug‘ligi, uning o‘tmishi va buguni, tilimizning jamiyat va davlat rivojidagi ahamiyati xususida gapirib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan yig‘ilganlarni tabrikladilar. Tadbir davomida tilimiz madh etilgan she’r va kuy-qo‘shiqlar tinglandi hamda sahna ko‘rinishi namoyish etildi.
SamDTU Matbuot xizmati