Samarqand davlat tibbiyot universiteti Travmatologiya va ortopediya kafedrasi delegatsiyasi (PhD, dotsent v.b. Sh.N.Eranov, PhD, dotsent v.b. I.G‘.Jo‘rayev, M.U.Ashirov) Joriy yilning 19-20-oktyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Urumchi shahrida o‘tkazilgan V Markaziy Osiyo ortopedlari sammitida (Fifth Central Asia Orthopedics Summit) ishtirok etdilar.
Ushbu nufuzli sammit Markaziy Osiyoning beshta davlatidan ortopediya, reabilitatsiya va an’anaviy Xitoy tabobati sohalaridagi yetakchi ekspert va olimlarni birlashtirdi. Sammitda tegishli sohalardagi so‘nggi yutuqlar, muammolar va imkoniyatlarni birgalikda muhokama qilinib, akademik almashinuvlarni va turli fanlar bo‘yicha tibbiy texnologiyalarni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.
SamDTU Matbuot xizmati