Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti talabalari akademik mobillik doirasida Samarqand davlat tibbiyot universitetida bo‘ldilar

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti dunyoning bir qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti bilan ham o‘zaro hamkorlik memorandum imzolangan bo‘lib, hamkorlik doirasida ko‘plab birgalikdagi loyihalar, ilmiy-amaliy anjumanlar hamda o‘qituvchi va talabalarning akademik almashinuvi amalga oshirilib kelinmoqda.

  Joriy yilning 24-28-oktyabr kunlari akademik mobillik doirasida Shinjon tibbiyot universiteti talabalari Samarqand davlat tibbiyot universitetida bo‘ldilar. Mobillik doirasida xitoylik talabalar SamDTU va unda yaratilgan sharoitlar, ta’lim tizimi bilan tanishdilar. Shuningdek, universitet qoshidagi xirurgiya markazi, simulyatsion markaz, universitet klinikalari faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar. Akademik almashinuv doirasida mahorat darslari, ma’ruzalar va amaliy ko‘nikmalar namoyishi tashkil etildi.

  Yakunda barcha xitoylik talabalarga sertifikatlar topshirilib, bayramona konsert dasturi namoyish etildi.


SamDTU Matbuot xizmati