2024-yil 21-22-oktabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, dotsent N.A.Yarmuxamedova Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Shenchjen forumi: tibbiy ta’lim va tadqiqotlarni xalqarolashtirish” (Shenchjen, Xitoy) xalqaro forumida ishtirok etdi. Xalqaro forum Markaziy Osiyoning beshta davlatidan tibbiyot sohasidagi yetakchi ekspert va olimlarni birlashtirdi. Mazkur platformada tibbiy ta’lim sohasidagi yutuqlar, muammolar va imkoniyatlar muhokama qilindi.
Forum davomida ishtirokchilar Shenchjen universiteti bilan yaqindan tanishdilar va bir qator uchrashuvlar o‘tkazdilar va hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qildilar. Jumladan, 21-oktabr kuni professor Sinchji Syu bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishda zamonaviy tashkiliy texnologiyalardan foydalanish uchun shart-sharoitlarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar universitetdagi laboratoriya va zavod tashkilotlariga ham tashrif buyurishdi.
SamDTU vakili t.f.d. N.A.Yarmuhamedova “O‘zbekiston Respublikasida oliy tibbiyot ta’limi tizimini o‘zgartirish: Samarqand davlat tibbiyot universiteti tajribasi” mavzuida chiqish qildi va ma’ruza forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Xalqaro forumda ishtirok etish va yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik, bizga yuqori malakali mutaxassislarning yangi avlodini tayyorlashda innovatsiyalarni joriy etish hamda oliy tibbiy ta’lim sohasida innovatsiyalar va eng so‘nggi ishlanmalarni joriy etish imkonini beradi.
SamDTU matbuot xizmati