Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Zulfiyaxonim izdoshlari

  SamDTI 1-son talabalar turar joyida qizlar oʻrtasida institut xotin-qizlar kengashi faollari tomonidan “Zulfiyaxonim izdoshlari” deb nomlangan mushoira kechasi oʻtkazildi.

  Tadbirda soʻz olgan institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.I.Xudayberdiyeva, 1- va 2- Davolash ishi, Pediatriya hamda Tibbiy pedagogika, Oxi va Xalq tabobati fakultetlari dekan maslahatchilari oʻzbek adibalari, shoiralari, Zulfiyaxonim hayoti va ijodi, toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdilar. Yurtimizda xotin-qizlarga, yoshlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar va berilayotgan imkoniyatlar, yaratilayotgan shart sharoitlardan toʻgʻri foydalanishlari, isteʼdodlarini namoyon qilishlari haqida fikr bildirdilar.

  Ishtirokchi qizlarimiz berilgan savollarga tezlik hamda mahorat bilan javob berishdi. Baxt va bahor kuychisi Zulfiyaxonim ijodidan namunalar keltirishib, sherlari yoddan aytib eshittirildi, qoʻshiqlar aytib, raqslar tushishdi.

  Mushoira kechasi juda qizgʻin va jozibali oʻtib, barchada yaxshi taʼsirot qoldirdi. Barcha ishtirokchi qizlarimiz tadbir tashkilotchilari tomonidan taqdirlandilar.



SamDTI Matbuot xizmati