Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Kattaqoʻrgʻon drama teatri ijodkorlari SamDTIda

   Joriy yilning 28-martidan A. Majidiy nomidagi Kattaqoʻrgʻon drama teatri ijodkorlari Samarqand shahri boʻylab ijodiy safar yoʻlga qoʻyishni boshladi.

  “Mehnat shuhrati” (2003), “El-yurt hurmati” (2013) ordenlari sohibi Farmon Toshev qalamiga mansub “Qaltis Qadam” dramasi Rejissyor, Gʻofur Mardonov tomonidan sahnalashtirilib, ushbu spektakl bilan Samarqand shahri boʻylab ijodiy safar uyushtirilgan.

   Shunisi quvonarliki, Kattaqoʻrgʻon drama teatri ijodkorlarining ilk ijodiy safari Samarqand davlat tibbiyot institutiga tashrifdan boshlandi. Kuni kecha “Qaltis qadam” spektakli institut talabalari va barcha xodimlariga namoyish etildi. Katta qiziqish bilan kutib olingan spektakl yigʻilgan tomoshabinlarga maʼnaviy hordiq boʻlish bilan birga katta maʼnaviy ozuqa ham boʻla oldi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Zero, jadid va ulugʻ adib Abdulla Qodiriy aytganidek “Yoshlarimizning tarbiya oʻchogʻi maktab boʻlsa, kattalarimizniki teatrdir”

   Tashrif hamda spektakl namoyishi uchun A. Majidiy nomidagi Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri ijodkorlariga oʻz minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.


SamDTI Matubot xizmati