Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Institut xodimlari Medical Park (Turkiya) transplantatsiya markazida malaka oshirdilar

  Samarqand davlat tibbiyot universitetining 1-klinikasida amalga oshirilayotgan jigar transplantatsiyasi loyihasi doirasida institutni jarrohlik kafedralari professor-oʻqituvchilarni bir guruhi “Medical park” transplantatsiya markazida (Istanbul, Turkiya) amaliyot oʻtdilar. Ushbu markaz transplantatsiya sohasida yetakchilardan biri boʻlib, har yili 200 nafargacha jigar va boshqa organlar transplantatsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshiradi.

  Institut vakillari toʻrtta jigar va ikkita buyrak transplantatsiyasida bevosita yordam koʻrsatdilar. Jigar transplantatsiyasi operatsiyasida transplantologlarning uchta jarrohlik guruhi ishtirok etdi. Operatsiyaning oʻzi uch bosqichda amalga oshirildi — jigarni retsipientdan olib tashlash, donorning jigar boʻlagini rezektsiya qilish va bevosita jigar transplantatsiyasi. Yuqori professionallik jarrohlik aralashuvlarni minimal qon yoʻqotish bilan amalga oshirishga imkon berdi hamda buyrak transplantatsiyasida uni donordan olib tashlash laparoskopiya orqali amalga oshirildi.

  SamDTIning 1-sonli klinikasi va xodimlar institut rektori prof. J.A.Rizaev hamda Medical Park transplantatsiya markazi xodimlari, shu jumladan prof. Bilent Unal va uning jamoasiga, ushbu amaliyotni tashkil etishlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiradilar.



SamDTI matbuot xizmati