1964-yilda Toshkent davlat meditsina instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tugatib, 1969-yilda nomzodlik, 1986-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylandi.
T. Daminov mehnat faoliyatini 1969-yilda Toshkent davlat meditsina institutida assistent sifatida boshladi. Ushbu muassasada dotsent, kafedra mudiri vazifasida faoliyat yuritdi. Keyinchalik Pediatriya ilmiy tekshirish instituti direktori, Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti rektori, Toshkent tibbiyot akademiyasi “Yuqumli kasalliklari va pediatriya” kafedrasi mudiri, mazkur kafedra professori kabi masʼul lavozimlarda samarali mehnat qildi.
U mamlakatimizda sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirish, tibbiyot fanining dolzarb masalalarini tadqiq etish, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qoʻshdi.
Zahmatkash olimning tibbiyot sohasining nazariy va amaliy masalalariga bagʻishlangan 500
Ayniqsa, tibbiyotning pediatriya va yuqumli kasalliklar kabi muhim yoʻnalishlarini rivojlantirish va boyitish borasida oʻz ilmiy maktabini yaratdi.
Ilm-fan fidoyisining bevosita rahbarligida oʻnlab fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlandi.
Akademik T. Daminovning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholandi. U “El-yurt hurmati” va “Doʻstlik” ordenlari bilan mukofotlangan edi.
Samarqand davlat tibbiyot instituti jamoasi atoqli olim, mehribon ustoz va mohir shifokor Turgʻunpoʻlat Daminovning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur qaygʻu bilan hamdardlik bildiradi.
Manba:ssv.uz
SamDTI Matbuot xizmati