×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  Tillar kafedrasida talabalar ilmiy, intellektual faoliyatini kuchaytirish maqsadida "MEDICAL ENGLISH" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi tashkil etilgan. Ushbu to’garakning asosiy vazifalari etib:

  1. Talabalar ilmiy jamiyati (TIJ)ga tanlab olingan talabalarning ilmiy ishlari yo’nalishlarini aniqlash;
  2. Talabalarga tibbiy terminologiya bo’yicha inglizcha atamalar tarjima va ma’nolarini tushuntirish;
  3. Til o’rganish ko’nikmasini oshirish va grammatik qoidalar bilan talabalarni tanishtirish belgilangan.

  Tillar kafedrasida talabalar ilmiy to`garagi hozirgi kunda universitet barcha fakultetlarining 1-2-kurs talabalari orasidan 45 nafar talaba aʼzo boʼlgan.

  Talabalar ilmiy to`garagi boʼyicha masʼul kafedra stajyor-assistenti Azzamova Umida Alisherovna etib tayinlangan. Ilmiy to’garak dars mashg’ulotlarini to’garak rahbari Azzamova U.A., P.Olimzoda, S.R.Abdusalimov, S.Ya. Nasimova, S.A.Maxmudova, D.S.Ibragimovalar talabalarga amaliy va mahorat darslarini oʼtib kelmoqdalar.

  Talabalarga ingliz tili grammatik qoidalarini tanishtirish, so’z boyligini oshirish, ular bilan turli xil usullar jumladan “Bamboozle”game orqali o’tilgan mavzular bo’yicha guruhlarga ajratilib turli xil o’yinlar dars tashkil etilgan.


  Ingliz tilini chuqur o’rganish bo’yicha Speaking va Listening mashg’ulotlari haftaning har shanba kunlari soat 09.00da yo’lga qo’yilgan.


  Ilmiy mavzular mohiyati bilan tanishish, ilmiy rahbarlarning tavsiya va ko’rsatmalarini fidoiy o`qituvchi murabbiylarning talabalar bilan ishlashdagi faolliklarini keng targ`ib etish talabalardagi iste’dodlarni ro’yobga chiqarish, zamonaviy texnologiyalar bilan mukammal ishlay olish ko`nikmalarini shakllantirish hamda ularni ma`naviy rag`batlantirish ilmiy to’garakning asosiy vazifalari sanaladi.


  Tillar  kafedrasi qoshida “Medical English” to‘garagi har shanba kuni barcha xohlovchi universitet talabalari uchun ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda. 

  Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilarning iqtidorli talabalari Xalqaro va Respublika miqyosida o’tazib kelinayotgan Olimpiada va tanlovlarda sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritib kelmoqda.