"1-son Otorinolaringologiya" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Kelajak LORlar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Respublika miqiyosidagi tanlovlar uchun talabalar LOR kasalliklari dolzarb muammolari, zamonaviy tashxislash va davolash usullaribo'yicha ilmiy-tadqiqot tayyorlashadi.
Otorinolaringologiya yo’nalishiga qiziqqan barcha talabalar to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.
To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Isxakova Fotima Sharifovna, bugungi kunda u ilmiy izlanuvchi, shuningdek 40 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.
Kichik kurs sardori: Maxmudova S. pediatriya fakulteti 4-bosqich talabasi, 30 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, 10 ta diplom, 25 ta sertifikat, 2 ta faxriy yorliq, "rektorlik stipendiyasi" sohibi.
Katta kurs sardori: E. Istamova Davolash fakulteti 6-kurs talabasi, 25 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, 8 ta diplom, 19 ta sertifikat, 1 ta faxriy yorliq sohib.