×
Menu
Close Menu

​Hindistonlik yetakchi mutaxassislar ishtirokida tibbiy ko‘rik hamda jarrohlik amaliyotlari bajarilmoqda

  Joriy yilning 14-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Hindistonlik yetuk mutaxassislar Dr. Pritpal Singh va Dr. Jasdeep Singh Bedilar tashrif buyurdi.

  Mehmonlar bilan Samarqand Davlat tibbiyot Universiteti pediatriya fakultetining xirurgik kasalliklar kafedrasi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ga qarashli Samarqand bekati shifoxonasiga tshrif buyurib, kafedra faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, bemorlar uchun xorijlik mutaxassislar ishtirokida bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.

  Shuning barobarida Hindistonlik shifokorlar ishtirokida yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari, jumladan, diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasini “Krurorafiya va Toupe usuli bo‘yicha fiziologik fundoplikatsiya qilish” amaliyoti laparoskopik usulda bajarildi.

  Tashrif doirasida mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari tashkil etish hamda “KIOR HEALTHCARE” klinikasi va pediatriya fakultetining xirurgik kasalliklar kafedrasi hamda  “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ga qarashli Samarqand bekati shifoxonasi bilan hamkorlik memorandumini imzolash rejalashtirilgan.



SamDTU Matbuot xizmati