×
Menu
Close Menu

​DKTF xirurgiya, endoskopiya va anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi xodimlari tomonidan murakkab jarrohlik amaliyoti bajarildi

  Joriy yilning 31-yanvar kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti DKTF xirurgiya, endoskopiya va anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi xodimlari tomonidan qorin parda orti bo‘shlig‘idan katta hajmdagi qaytalanuvchi angiosarkomani olib tashlash amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Operatsiyada "Jarrohlik" mutaxassisligi bo‘yicha 2-bosqich klinik ordinatorlari ham ishtirok etdi.

  Qorin bo‘shlig‘ida qaytalangan angiosarkoma  aniqlangan 73 yoshli bemorda angiosarkoma olib tashlandi. Chap tomondagi umumiy yonbosh arteriyasiga angioprotez o‘rnatilib, chap tomonda gemikolektomiya bajarildi va transversorektal anastomoz o‘rnatildi.

  Ushbu murakkab amaliyotning ilmiy ahamiyati yosh mutaxassislar va klinik ordinatorlar ishtirokida qorin parda orti sohasi takroriy angiosarkomasini davolashda murakkab ko‘p komponentli yondashuvni muvaffaqiyatli amalga oshirishdan iborat bo‘lib, bu kasbiy o‘sish hamda qon tomir va qorin bo‘shlig‘i jarrohligi sohasida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishga yordam beradi.


SamDTU Matbuot xizmati