×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida "Yangi genetik davr: mikrobiom tahlili va uchinchi avlod sekvensiyasini qo‘llash orqali NIPT" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi

  Joriy yilning 11-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida "Yangi genetik davr: mikrobiom tahlili va uchinchi avlod sekvensiyasini qo‘llash orqali NIPT" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti, universitet huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazi hamda Janubiy Koreyaning "eGnome" kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda SamDTU rektori Jasur Rizayev hamda Janubiy Koreya ijtimoiy farovonlik bo‘yicha milliy kengash prezidenti Sang-Mok Suh so‘zga chiqib, tashkil etilayotgan mazkur anjumanning tibbiy xizmat, ayniqsa, tibbiy genetika rivoji uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladilar.

  Seminar davomida mavzuga doir bir qator ilmiy va amaliy yutuqlar muhokama qilinib, yuzaga kelgan savollarga javoblar berildi.

  Shuningdek, anjuman doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti, universitet huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazi hamda eGnome kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalariga qaratilgan memorandum imzolandi.


SamDTU Matbuot xizmati