×
Menu
Close Menu

​Konstitutsiya – inson huquq va erkinliklari kafolati

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya – inson huquq va erkinliklari kafolati” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

  Tadbirda SamDTU Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri A.Maxmudova, kafedra o‘qituvchilari R.Latipov, G.Tursunova hamda talabalar ishtirok etdi.

  2023-yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi unda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganligidan dalolat bermoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi – ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berildi, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi.

  Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar tomonidan yangi tahrirdagi qomusimiz haqidagi ma’lumotlar aks etgan ma’ruzalar o‘qilib, o‘zaro fikr almashildi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalarga faxriy yorliqlar topshirildi.


SamDTU Matbuot xizmati